Jeffri Monakana




Jeffri Monakana (1993-yil 5-noyabrda tugʻilgan) – Angilyalik proffisional futbolchi, hozirda"Magni Grenivik" klubi yarim himoyachisi.

Faoliyati



Monakana „Arsenal“ akadimyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008-yilda, 14 yoshili Monakana Arsenal jamoasi bilantoʻrt yillik shartnoma imzolaydi.

Monakana Preston North End jamoasiga 2012-yilning 31-mayida 2012-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan bir yillik shartnoma asosida koʻchib oʻtadi. 18 yoshli vinger Preston bosh murabbiyi Grem Uestli uchun yozgi toʻqqizinchi shartnoma boʻladi. Monakana mavsum oldidan yaxshi oʻyin koʻrsatadi, ayniqsa Afina va Uimbldonga jamoalariga qarshi oʻyinlarda oʻzini yaxshi koʻrsatadi.

2012-yil 13-avgust kuni „Xaddersfild Taun“ga qarshi oʻz uyida Liga kubogi bahsida toʻliq debyut qiladi hamda maydonda 70 daqiqa oʻynaydi va ajoyib oʻyin koʻrsatdi. Uning birinchi goli Liga kubogining ikkinchi bosqichida „Kristal Pelas“ ga qarshi oʻyinda kiritiladi. Professional futboldagi birinchi yilida oltita gol uradi va 10ta golli uzatmani amalga oshiradi. Brentfordga qarshi oʻyinda raqib murabbiyi Uve Rosler Monakana oʻzining tezligi va mahorati tufayli uni ancha istidotli ekanligini taʼkidlaydi.

2013-yil 12-sentabrda Monakana bir oylik ijara asosida Liganing birinchi jamoasidagi Kolchester Yunaytedga qoʻshiladi. U 14 sentyabr kuni „Bredford Siti“ bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda klubdagi debyutida gol uradi. Shundan sung uning shartnoma muddati yana uzaytiriladi.

2014-yilning 14-yanvarida Monakana Angilya primier ligasining Brighton & Hove Albion klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga kuchib oʻtadi va klub bilan 18 oylik shartnoma imzolaydi. 2014-yilning 27-martida Monakana 1-liga vakili Krouli Taun jamoasi tarkibiga bir oylik ijara asosida qoʻshiladi. 2014-yilning iyulida esa Monakana "Aberdin" ga 6 oyga ijaraga oʻtadi. 2015-yilning fevralida Monakana yana ijara asosida bir oyga Mansfild Taun jamoasi tarkibiga borib qoʻshilgan. 2015-yilning mart oyida ijara futbolchisiga aylanib qolgan Monakana yana ijaraga beriladi, bu safar mavsum oxirigacha ijara asosida Karlayl Yunaytedga jamoasi tarkibiga borib qoʻshiladi.

Ijara futbolchisi degan maqomni salab qolgan holda u 2015-yilning 4-avgustida 1 oylik ijara asosida 2-liga vakili "Bristol Rovers" jamoasi safiga oʻtadi.

2016-yilning 16-yanvarida Monakana Ruminiyaning „Voluntari“ klubi bilan olti oylik shartnoma imzolaydi.

2016-yilning 22-dekabrida Monakana Milliy Liga klubi „Satton Yunayted“ bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilinadi. 2017-yilning 1-yanvarida oʻz maydonida „Bromli“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda „Satton“ safida oʻrinbosar sifatida ilk bor maydonga tushadi.

2017-yilning avgustida u Velling Yunayted bilan ijara shartnomasini imzolaydi hamda ijara shartnomasi boʻyicha transferlarning oʻziga xos rekordchisi boʻladi. Bitim 2017-yil 17-noyabrda doimiy futbolchi sifatida tuzilgan. 2018-yil mart oyida esa Wealdstone bilan shartnoma imzolaydi. 2019-yil iyun oyiga kelib Janubiy Milliy liganing Dulvich Hamletiga jamoasi safiga koʻchib oʻtadi.

Nixoyat 2020-yil 4-sentabrda Monakana Islandiyaning Urvalsdeyld Fyolnir jamoasi safiga mavsum oxirigacha qoʻshiladi.

2021 yilning fevralida Islandiyaga qaytib, Magni Grenivik jamoasiga tarkibiga qoʻshiladi.

Shaxsiy hayot



Monakana aslida Kongo demokiratik Respublikasi fuqorlari boʻlgan muhojir oilasida dunyoga kelgan hamda toʻla qonli Kongo millatiga mansub.

Manbalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz