Jeffri Choser
Geoffrey Chaucer (talaffuzi: Jeffri Choser; tax. 1340-yillar — 25-oktabr 1400-yil) ingliz shoiri va yozuvchisi boʻlgan. Oʻrta asrda ijod qilgan eng buyuk ingliz shoirlaridan biri boʻlgan Chaucer The Canterbury Tales („Canterbury hikoyalari“) asari bilan mashhurdir. U „ingliz adabiyoti otasi“ yoki muqobil ravishda „ingliz sheʼriyati otasi“ deb atalgan. U Londondagi Westminster abbatligida joylashgan „Shoirlar burchagi“ deb nomlangan joyga dafn etilgan ilk yozuvchi hisoblanadi. Chaucer, shuningdek, faylasuf va astronom sifatida ham shuhrat qozonib, oʻn yashar oʻgʻli Lewis uchun A Treatise on the Astrolabe („Usturlab haqida risola“) nomli ilmiy asarini ham yozgan. U davlat xizmatida byurokrat, saroy amaldori, diplomat va parlament aʼzosi oʻlaroq ham faoliyat yuritgan.
Chaucerning boshqa asarlari qatoriga The Book of the Duchess, The House of Fame, The Legend of Good Women va Troilus and Criseyde kiradi.
Asarlari
Manbalar
Bibliografiya
Havolalar
uz.wikipedia.org