Jeffrey Chen




Jeffrey Chen (talaffuzi: Jeffri Chen; 2002-yil 21-iyulda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Katarina Wolfkostin bilan birga 2021-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSH chempioni, 2021-yilgi Fransiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining chempioni, 2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh milliy chempionatining kumush medali va 2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻlgan.

Shaxsiy hayoti



Jeffrey Chen 2002-yil 21-iyulda Kaliforniyaning Fremont shahrida tayvan oilasida tug‘ilgan. Uning opasi Karen ham yakka holda konkida uchadi.

Faoliyati



Jeffrey Chen 2019-yilda Katarina Wolfkostin bilan juftlik hosil qilgan. Ularga Michigan shtatining Novi shahrida Igor Shpilband va Pasquale Camerlengo. murabbiylik qilgan. Juftlik oʻzlarining 2019 -yilgi Fransiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining debyutida beshinchi oʻrinni egallagan. Wolfkostin / Chen juftligi 2019-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida erkin raqs namoyishida ikkinchi o‘rinni egallaganidan keyin umumiy hisob bilan jamoalar oʻrtasida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Juftlik 2020-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etish huquqini beruvchi yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun U. S. Ice Dance musobaqasining finalida gʻolib boʻlgan.

Wolfkostin / Chen juftligi 2019-yilgi „Golden Spin of Zagreb“ musobaqasida ilk xalqaro medalini qo‘lga kiritib, rossiyalik Ushakova / Nekrasov juftligidan keyin kumush medal bilan taqdirlangan.

Wolfkostin / Chen juftligi 2020-yilgi Oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishi uchun tanlanib olingan. Juftlik Olimpiadada rossiyalik Xavronina / Cirisano va Tyutyunina / Shustitskiy juftligidan ortda qolib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlikning medali AQSh terma jamoasi tomonidan 2020-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan birinchi medal boʻlgan. Wolfkostin / Chen juftligi yakka holda konkida uchuvchi janubiy koreyalik Cha Young-hyun va finlandiyalik Nella Pelkonen hamda kanadalik juftlikda konkida uchuvchi Brooke McIntosh / Brandon Toste juftliklari bilan birgalikda jamoaviy musobaqalarda ishtirok etish uchun saralashda ishtirok etgan.

Dasturlari



Katarina Wolfkostin bilan




Natijalari



GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Katarina Wolfkostin bilan




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz