Jefferson Intriago




Jefferson Alfredo Intriago Mendoza (talaffuzi: Jefferson Alfredo Intriago Mendoza) 1995-yil 18-yanvarda Ekvadorning Junin shahrida tugʻilgan. Ekvadorlik futbolchi „Juárez“ klubi va Ekvador terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati



Jefferson Alfredo Intriago Mendoza „LDU Kito“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yil 25-yanvarda „Manta“ga qarshi oʻyinda u Ekvador Primer ligasida debyut qildi. 2015-yil 30-avgust kuni „Mushuc Runa“ga qarshi bahsda Jefferson „LDU Kito“ safida birinchi golini urdi. Oʻsha yili u klubga kumush medallarni qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

2018-yilda Ernan Barkosning mavsum oʻrtasida ketishidan soʻng, Jefferson Alfredo Intriago Mendoza jamoa sardori boʻldi. Chempionat yakunlariga ko‘ra, jamoasi sakkiz yil ichida ilk bor Ekvador chempioni bo‘ldi, Intriagoning oʻzi esa o‘z faoliyatida ilk bor bu unvonni qo‘lga kiritdi.

2021-yil 29-noyabrda u Meksikaning birinchi divizionidagi „Mazatlan“ futbol klubida toʻp surishi ommaga ochiqlangan. Bundan ilgari Jefferson Alfredo Intriago Mendoza „Juarez“ futbol klubida oʻynagan.

Xalqaro karyerasi



2013-yil Jefferson Alfredo Intriago Mendoza Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Argentina, Venesuela, Kolumbiya va Paragvay jamoalariga qarshi bahslarda oʻynadi.

2015-yil Jefferson Alfredo Intriago Mendoza Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Argentina, Peru, Boliviya va Paragvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2017-yilning 6-oktyabr kuni Intriago Ekvador terma jamoasi safida JCh—2018 saralashida Chiliga qarshi o‘yinda debyut qildi.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz