Jeff Yass
Jeffri S. Yass (1956-yilda tugʻilgan) – amerikalik milliarder biznes magnati hisoblanadi. Forbes jurnalining 2023-yildagi „Dunyoning eng boy odamlari“ roʻyxatiga koʻra, Yass 28,5 milliard dollarga teng boylikka ega boʻlib, u dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida 48-oʻrinni egalladi. U Filadelfiyada joylashgan Susquehanna International Group (SIG)ning hamtaʼsischisi va boshqaruvchi direktori hamda TikTokning dastlabki investorlaridan biridir. 2001 yilda u Kato institutining ijrochi maslahat kengashiga qoʻshilgan. Yass Pensilvaniya Hamdoʻstligining eng boy odami hisoblanadi. Nufuzli siyosat arbobi, u Qoʻshma Shtatlardagi 10 ta eng yirik siyosiy donorlaridan biri hisoblanadi. Isroilning Haaretz gazetasiga koʻra, u isroilning oʻng qanot partiyasining asosiy tarafdori hisoblanadi.
Hayotning boshlangʻich davri
Yass Nyu-Yorkning Queens shahrida oʻrtahol yahudiy oilasida katta boʻlgan. Uning otasi Gerald Yass boʻlib, uning bar mitsvasida boʻlgan „bolalikdagi sevgilisi“ Sybildir. Geraldning Kerol ismli singlisi bor. Gerald 1951-yilda Bruklindagi LIU universitetini bakalavr darajasi bilan tamomlagan va Datatab Inc. kompaniyasida buxgalter boʻlib ishlagan va soʻngra boshqaruv raisi darajasiga koʻtarilgan. Keyinchalik u " SIG "ga aylangan Filadelfiya Trading korxonasiga asos solgan. 2018-yil holatiga koʻra, u hali ham " SIG "da katta ijrochi va maslahatchi direktor sifatida ishlaydi. Jeffri Yass Queensdagi davlat maktablarida tahsil olgan. U Binghamton universitetida matematika va iqtisod yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr darajasini olgan. U Nyu-York universitetida iqtisod boʻyicha aspiranturada oʻqigan, ammo uni tugatmagan.
Karyerasi
1970-yillarda Binghamtondagi Nyu-York Davlat Universitetida oʻqib yurgan vaqtida, Yass va besh nafar talabalar doʻst boʻlishdi va keyinchalik AQShdagi eng yirik likvidli qimmatli qogʻozlar sotuvchisi Susquehanna International Group (SIG) ga asos solishgan. Milliarder treyder boʻlmish Israel Englander Yassga Filadelfiya fond birjasidan joy egallashi uchun homiylik qildi va " SIG "ni dastlab birjadagi ofisida boshqarilgan. Uning otasi Gerald Yass ham kompaniyani tashkil etishga oʻz hissasini qoʻshgan. Bu vaqtgacha esa Yass professional qimorboz boʻlgan.
Siyosiy faoliyat
Yass 2002-yilda libertar Kato instituti direktorlar kengashining aʼzosi boʻldi va hozirda esa ijroiya maslahat kengashi aʼzosi. 2015-yilda Yass Rend Polning prezidentlikka nomzodini qoʻllab-quvvatlash uchun Super PAC ga 2,3 million dollarlik xayriya qilgan. 2018-yilda u Club for Growth klubiga 3,8 million dollarlik, 2020-yilda esa 20,7 million dollar xayriya qildi. Yass va uning rafiqasi boʻlmish Jeyn Koslett School choice jamoatchilik harakati tarafdorlari boʻlib, Koslett 2017-yilda The Washington Examiner nashriga oʻsha vaqtdagi taʼlim vaziri Betsi DeVosning maktab tanlash borasidagi fikrlarini qoʻllab-quvvatlash uchun fikr-mulohazalarini yozgan. 2020-yilning noyabr oyida Yass respublikachi nomzodlarga 25,3 million dollarlik xayriyani amalga oshirdi va AQShdagi eng yirik siyosiy donorlar oʻnligidan biri boʻlgani xabar qilingan edi. 2021-yilning mart oyida Haaretzdagi tergov davomida Jeff Yass va Artur Dantchik Isroildagi Kohelet siyosat forumiga xayriyalarning katta qismi ortida turganligini aniqlandi. 2021-yilning noyabr oyida u butun mamlakat boʻylab 2022-yilgi saylov davomida qatnashadigan respublikachi nomzodlarning uchun targʻibot ishlarini olib boradigan PAC va Maktab erkinligi jamgʻarmasiga 5 million dollar xayriya qildi. 2022-yilning iyun oyida ProPublica Yassni „1 milliard dollar soliqdan qochgan“ va „soliqlarni kamaytirish va saylovni rad etuvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻz pullarini turli kampaniyalarga sarflagan“ deb daʼvo qildi.
Yutuqlari
2001-yilda Yass Filadelfiya jurnalida 76 ta Oʻzgartirish kirita olgan aqllardan biri sifatida paydo boʻldi.
The Intercept maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil holatiga koʻra, u Pensilvaniyadagi eng boy odam deb topilgan.
Shaxsiy hayoti
Yass Janine Kosletga uylangan. Ular bir necha yillardan beri Pensilvaniya shtatining Quyi Merion shaharchasidagi Haverfordda yashashgan. Ularning toʻrt farzandi, ikki oʻgʻli va ikki qizi bor. 2001-yilning dekabr oyida, 11-sentabr xurujlaridan soʻng, jabrlanganlarga yordam berish uchun Nyu-York va Nyu-Jersi port maʼmuriyati tomonidan tashkil etilgan xayriya fondiga xayriya qilishini eʼlon qilgan edi. U „Save the Children“, ''Golfning ruhi jamg'armasi'', Favqulodda yordam markazining „oilalar birinchi“ binosiga, va Franklin institutining „Franklin oilaviy koʻngilochar qoʻmitasi“ni qoʻllab-quvvatlagan.
Manbalar
Qoʻshimcha adabiyotlar
uz.wikipedia.org