Jedin




Jedin asri va yarusi , jedin (Belgiyadagi Jedinn sh. nomidan) — devon davri erta epoxasining boshlanish asri va oʻsha vaqtda hosil boʻlgan yotqiziqlar. 1848 yilda angliyalik A. Dyumon alohida yarus sifatida ajratgan. Yarusning togʻ jinslari kembriy davri yotqiziqlariga transgressiv holda yotadi, asosi konglomerat, yuqorisi qumtosh, alevrolit va argillitdan tashkil topgan. Quyi va yuqori J.a. va ya.ga boʻlingan. Quyisiga (Mopo-graptus uniformis va Icriodus woschmidti Liege) va yuqorisiga — Belgicospis crouchi Lank faunasi xos. J.a. va ya. yotqiziqlari Oʻzbekistonda Turkiston va Hisor togʻlarida uchraydi, Belgiya, Germaniya, Angliya, Chexiya, Marokash, AQSH, Ukraina (Podoliya), RF (Ural, Sibir)da tarqalgan. Yotqiziqlarining qalinligi bir necha metrdan 650 m gacha.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz