Jean-François Jacques




Jean-François „J. F.“ Jacques (talaffuzi: Jan-Fransua "J.F." Jak) (1985-yil 29-aprelda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Jean-François Jacques hozirda erkin agent hisoblanadi.

Oʻyin faoliyati



Yoshligida Jean-François Jacques 1999-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Lanaudière“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.

Jean-François Jacques 2003-yilgi NHLga kirish loyihasida „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga 68-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Jean-François Jacques klubning Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Edmonton Road Runners“ xokkey jamoasi safiga yuborildi. Jean-François Jacques klub safida 2004—2005-yilgi mavsumda maydonga tushdi.

„Edmonton Oilers“ xokkey klubining 2005—2006-yilgi mavsumdagi mashgʻulotlaridan soʻng, Jean-François Jacques AHLning „Hamilton Bulldogs“ xokkey jamoasiga tayinlandi. Keyinchalik, 2006-yilning 2-fevralida Jean-François Jacques 'Edmonton Oilers" xokkey klubi safiga chaqirib olindi. Shundan soʻng, Jean-François Jacques klub safida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga qarshi NHLdagi ilk oʻyinin oʻtkazdi.

Jean-François Jacques 2009—2010-yilgi mavsumni „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. 2010-yil 3-noyabrda Jean-François Jacques „Edmonton Oilers“ xokkey klubining AHLdagi filiali „Oklahoma City Barons“ xokkey jamoasiga joʻnatildi.

2012-yil 5-iyulda Jean-François Jacques „Florida Panthers“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Jean-François Jacques 2012—2013-yilgi mavsum uchun klubning filiali „San Antonio Rampage“ xokkey jamaosi safiga yuborildi. 2013-yil 21-yanvarda Jean-François Jacques „Florida Panthers“ xokkey klubi tomonidan „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi aʼzosiga almashtirildi.

Klub bilan shartnoma muddati tugagach, Jean-François Jacques xorijga joʻnab ketdi. Jean-François Jacques 2016-yil 22-avgustda Deutsche Eishockey Liganing „ERC Ingolstadt“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz