Jean-Eudes Maurice
Jean-Eudes Maurice (talaffuzi: Jan Ed Moris) (1986-yil 21-iyunda tugʻilgan) — Belgiyaning UR Namur jamoasida oʻynaydigan professional futbolchi. U oʻzining tezkorligi va aniqligi bilan mashhur. Fransiyada tugʻilgan, Gaiti terma jamoasini xalqaro miqyosda himoya qiladi va 2013-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogida jamoa aʼzosi boʻlgan.
Klubdagi faoliyati
Maurice oʻz faoliyatini mahalliy US Alfortville klubida oʻynashdan boshlagan. Klubda yetti yil oʻtkazgandan soʻng, u UJA Alfortville jamoasiga qoʻshilgan. U klubda oʻynab yurganida parijliklar eʼtiboriga tushib qolgan va 2007-yilda jamoaga kelib qoʻshilgan. Maurice 33ta oʻyinda maydonga tushgan va 3ta gol urgan. Maurice mavsum davomida „Bastia“ga qarshi Fransiya kubogi oʻyinida asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan, ammo u zahiradan oʻrindigʻidan maydonga tushirilmagan. 2008-yil 19-iyunda u oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan va kattalar jamoasiga bir yilga qoʻshilgan. Unga kattalar jamoasida 21-raqamli libos berilgan.
2008/2009-yilgi mavsumda Maurice birota liga oʻyinida maydonga tushmagan, lekin UEFA kubogida Ukrainaning „Dinamo Kiyev“ klubiga qarshi 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda 75-daqiqada zahiradan maydonga tushib klub tarkibidagi rasmiy debyutini oʻtkazgan. Bu uning mavsumdagi yagona oʻyini boʻlgan. 2009-yilning 11-mayida u Parij klubi bilan yangi 3 yillik shartnoma imzolagan va klub tarkibida 2012-yilgacha qolishi maʼlum boʻlgan.
Chennaiyin FC
2014-yil oktyabr oyida Maurice Hindiston Superligasi klubi Chennaiyin FC bilan qisqa muddatli shartnoma imzolagan. U klub uchun birinchi golini FC Goa ga qarshi oʻyinda kiritgan.
Nea Salamis
Mauricening Chennaiyin bilan shartnoma mavsumi tugagach, u Kipr birinchi divizionida Nea Salamis jamoasi bilan shartnoma imzolagan. U Kipr klubi bilan olti oylik shartnoma imzolagan. Maurice „Anortosis“ga qarshi oʻyinda jamoa tarkibida debyut qilgan.
Taraz
2017-yilning mart oyida Maurice Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili „Taraz“ bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Aktobe
Maurice 2018-yilning mart oyida Qozogʻistonning „Aktobe“ klubiga oʻtgan.
UR Namur
Sinov va bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlaridan soʻng, Maurice 2020-yil yanvar oyi oxirida Belgiyaning toʻrtinchi divizion vakili UR Namur bilan shartnoma imzolagan. U jamoa bilan bir yillik shartnoma tuzgan. Uning klubdagi ilk rasmiy uchrashuvi 2020-yilning mart oyida boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Parij Sen-Jermen Manbalar
uz.wikipedia.org