Jean Jacob




Jean Claude Jacob (talaffuzi: Jan Klod Jakob, taxminan 10-noyabr 1669-yil, Charcier — 29-yanvar 1790-yil, Parij) — XVII—XVIII asrlarda uzoq umr koʻrgan fransuz, vafoti chogʻida 120 yoshda boʻlgan, ammo bu koʻplab tadqiqotchilarda shubha tugʻdiradi. Yoshi haqidagi maʼlumotlarning ishonchsizligiga qaramay, umrining oxirida Jean Jacob oʻz zamondoshlari orasida maʼlum bir shon-shuhratga erishadi, yaʼni oʻlimidan bir yil oldin Parijda Jean Jacob Taʼsis majlisi aʼzolari qabulida boʻladi, uning portretini esa rassom Jean-François Garneray (talaffuzi: Jan Fransua Garneray) moyboʻyoqda chizgan.

Tarjimayi holi



Jean Claude Jacob 1669-yil 10-noyabr kuni Charcier kommunasidagi La Charne qishlogʻida tavallud topgan. 18 yoshida Parijga sayohat qilganini hisobga olmaganda, Jacob bir umr Montfleur kommunasidagi Jura shahrida yashagan. Yoshligida de Bauffremont (talaffuzi: de Bofremon) xonadoniga tegishli mulklarida ishlagan. Soʻngra keksa yoshga yetguncha mardikorlik qilgan. Jacob ikki marta (ayrim manbalarda esa uch marta) uylangan va 10 nafar farzandi boʻlgan. 1780-yilga kelib, Jacob 111 yoshga yetganda farzandlaridan faqat ikkitasi hali hayot edi. 1789-yilda ikkinchi rafiqasi Marie-Françoise Baud (talaffuzi: Mari-Fransua Bod) vafot etadi, Jacob endi qizi Pierrette (talaffuzi: Pyeretta) bilan yashay boshlaydi, 34 yosh oʻgʻli esa bu paytda Nant shahrida istiqomat qilardi (oʻgʻli tugʻilgan paytida Jacob allaqachon 85 yoshgan kirgandi).

Jacob birinchi marotaba, yaʼni 1785-yilda qizi Pyeretta otasiga moliyaviy koʻmak soʻrab, Besançon (talaffuzi: Bazanson) intendantiga murojaat qilishi, shundan soʻng intendant tomonidan Jacobning choʻqintirilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi moliya bosh nazoratchisiga taqdim etilishi ortidan butun mamlakatga taniladi. Natijada Jacobga 200 livr miqdorida nafaqa tayinlanadi, malika Élisabeth (talaffuzi: Yelizaveta) sharofati bilan qirol tomonidan qoʻshimcha 1200 livr miqdorida mukofot puli ham beriladi.

1789-yil oʻrtalarida Jacob poytaxt Parijga keladi, 11-oktyabr kuni Tuileries (talaffuzi: Tyuilri) saroyida qirol Louis XVI (talaffuzi: Lui XVI) (Lyudovik XVI) bilan uchrashadi. Qirol Jacobning uzoq umr koʻrishi siri nimada ekanligini soʻraganda, sutga aralashtirilib, makkajoʻxori unidan qilinadigan „Les gaudes“ nomli parhez taomni doimo tanovul qilishini aytadi. 23-oktyabr kuni Jacob Fransiya Taʼsis majlisi (fransuzcha: Assemblée nationale constituante) aʼzolari bilan uchrashadi.

Jan Jacob 1790-yil 29-yanvarda 120 yoshida vafot etad.

Jean Jacob uzoq umr koʻrganligi haqidagi maʼlumotlarning ishonchsiz boʻlishiga qaramasdan, XXI asrda ham uning hayoti boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan va Fransiyaning shimoli-sharqidagi bir nechta kommunalardagi koʻchalar uning nomi bilan atalgan. Masalan, Charcier, Montfleur, Houplines.

Galereya




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz