Jean de La Fontaine
LAFONTEN (La Fontaine ) Jan de (1621.8.7, Shato—Tyerri, Shampan — 1695.13.4, Parij) — fransuz shoiri, masalchi. Fransiya akademik aʼzosi (1684-yildan). Mashhur "Psixeya va Kupidonning muhabbati" (1669) qissasiga "Ming bir kecha" ertaklari hamda Apuley (miloddan avvalgi 2-asr) ning "Metamorfozalar" asari asos boʻlgan. L.ning masal janridagi asarlari koʻproq shuhrat qozongan. "Sheʼriy ertak va hikoyalar" (1—5-kitoblar, 1665—85), "Masallar" (1 - 12-kitoblar, 1668—94) toʻplamlarida oʻtkir hajvchi, yirik mutafakkir, adabiyotda Uygʻonish davri anʼanalarining davomchisi sifatida maydonga chikdi. Uning antik davr, Yevropa hamda Sharq adabiyoti ("Kalila va Dimna" va boshqalar), shuningdek, xalq donishmandligidan ruhlanib yaratgan masallari zamonaviyligi, oʻtkir hajvi, tavsiflarning yorqinligi bilan jahon satirik adabiyoti xazinasini boyitdi. Oʻzbek va rus masalchiligi rivojida ham L. ijodining muhim oʻrni bor. "Kosib va doʻkondor" masali oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1984).
Manbalar
uz.wikipedia.org