Jean Bourgain
Jean Bourgain (talaffuzi: Jan Burgeyn) (28-fevral 1954-yil – 22-dekabr 2018-yil) — belgiyalik matematik. Bourgain matematik analiz boʻyicha ishlari, xususan, Banach sathlari geometriyasi, garmonik analiz, ergodik teoriya hamda chiziqli boʻlmagan qisman differensial tenglamalar yoʻnalishlaridagi ishlari bilan tanilgan. Bourgain, shuningdek, analitik son nazariyasi, kombinatorika, spektral teoriya hamda guruhlar teoriyasini ham oʻrgangan.
Bourgain 1977-yil Brussel erkin universitetidan PhD darajasini olgan. 1981—1985-yillarda ayni universitetda professor oʻlaroq ishlagan. 1985—1995-yillarda Fransiyaning Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlagan. 1994—2018-yillarda New Jerseydagi Perspektiv tadqiqotlar institutida faoliyat yuritgan. 2012—2014-yillarda California universiteti, Berkeley professori.
Bourgain 1994-yil Fields medali bilan taqdirlagan. Olim 2009-yil Shvetsiya qiroliy Fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan. 2015-yil Belgiya qiroli Philippe IV Bourgainni baron etib tayinlagan.
uz.wikipedia.org