Jazoir milliy futbol terma jamoasi
Jazoir milliy futbol terma jamoasi laqabi Les Fennecs (Fenek tulkilari), xalqaro futbol musobaqalarda Jazoir davlati sharafini himoya qiladi, Fédération algérienne de Football tomonidan boshqariladi. Jazoirning uy stadioni poytaxt Jazoirdagi 1962-yil 5-iyul stadionidir, terma jamoa bosh murabbiyi Bosniya va Gersegovinalik Vahid Halilhodžić. Terma jamoaga 1962-yil 1-yanvarda asos solingan, FIFAga 1964-yil 1-yanvarda aʼzo boʻlgan. FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasi guruh bosqichida Jazoir Janubiy Koreya darvozasiga 4ta gol kiritib jahon chempionatlari tarixida Afrika qitʼasi boʻyicha, bir oʻyinda 4ta gol urgan ilk jamoa boʻldi.
Jazoir jahon chempionatlariga 1982, 1986, 2010 hamda 2014-yillar chiqqan. Jazoir bir marta 1990-yili Afrika millatlar kubogining gʻolibi boʻlgan, oʻshanda Jazoir oʻsha musobaqaga mezbonlik qilgan edi.
Jazoirning anʼanaviy raqiblari Marokash, Tunis va Misr terma jamoalaridir.
Liboslar tarixi
Jazoir terma jamoasining asosiy formasi oq rangli yashil bilan chetlari bezalgan, zaxira formasi esa yashil rangli oq bilan chetlari bezalgan.
Asosiy formasi
Zaxira formasi
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib
Quyidagi futbolchilar FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasiga chaqirtirilgan va roʻyxatga olingan.
uz.wikipedia.org