Jazoir ayollar chempionati




Jazoir ayollar chempionati (arabcha: البطولة الجزائرية للسيدات) Elite chempionati sifatida tanilgan, Jazoirdagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori pogʻonasidir. Jazoir ayollar chempionati Erkaklar futboli 1-Ligasining ayollar futbolidagi ekvivalenti, ammo professional emas. Jazoir ayollar chempionati Jazoir futbol federatsiyasi homiyligidagi Ligue du Football Feminin tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi.

Tarixi



70-yillarda Jazoirda Tiaret sharida boʻlgani kabi koʻplab ayollar futbol klublari tashkil etilgan, ammo ular faqat oʻzaro oʻyinlar turnirida qatnashgan. 1990-yildan boshlab boshqa klublar paydo boʻla boshladi.

Birinchi Jazoir ayollar chempionati 1998—1999-yilgi mavsumda mintaqaviy ligalar formatida oʻtkazilgan. 2008—2009-yilgi mavsumda Milliy Futbol Ligasi (LNF) homiyligida ikki diviziondan iborat milliy liga (1-Diviziya va 2-Diviziya) tashkil etildi. 2013-yilda Jazoir ayollar chempionatining boshqaruv organi boʻlgan Ligue du football féminin (LFF) tashkil etildi.

Ligue du football féminin 2021—2022-yilgi mavsumdan boshlab oʻz nomini Elite Championship ga oʻzgartirdi.

Formati



Jazoir ayollar chempionatida jamoalar ikki davra boʻyicha mehmandagi (raqib jamoa stadionida) va uydagi (oʻz jamoasining stadionida) oʻyinlarni oʻynaydi. Mavsum odatda oktabr oyida boshlanadi va iyungacha davom etadi.Mavsum yakuniga ko`ra chempionni aniqlash qoidalaridaquyidagilar hisobga olinishi aytilgan: ochkolar, gʻalabalar soni, toʻplar farqi, urilgan gollar, mehmondagi gollar. Istisnolardan biri shundaki, Jazoir ayollar chempionatida agar birinchi oʻrin uchun ochkolar teng boʻlsa, tay-brek o`yini Jazoir ayollar chempionatida chempionini aniqlaydi.

Chempion jamolar roʻyxati



Cempion jamolar va ikkinchi oʻrin olgan jamolar roʻyxati:

Chempion jamolar reytingi




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz