Jazoir — Italiya munosabatlari




Jazoir — Italiya munosabatlari  — Jazoir va Italiya oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar.

Tarixi



1970-yillarda Italiyada jamoat binolarini qurish, sanoat va qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash sohasida turli tadbirlar amalga oshirilgan. Italiyalik mutaxassislar 23-Bastionni (Jazoirning sanʼat va madaniyat markazi) restavratsiyasini, qadimiy Kasbah qal’asini qayta tiklashni amalga oshirganlar.

Diplomatik munosabatlar



Jazoir — Italiya energetika sohasida, noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashda hamkorlik olib borilmoqda.

2003-yilda doʻstlik, hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.

2007-yil noyabr oyida Algeroda Italiya Prezidenti Romano Prodi va Jazoir Prezidenti Abdelaziz Buteflika oʻrtasida ikki tomonlama sammit boʻlib oʻtdi.

Ikkinchi sammit 2012-yil 14-noyabr kuni Jazoirda Prezident Buteflika va Italiya Bosh vaziri Mario Monti oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Uchinchi sammit 2015-yil 27-may kuni Rimda Matteo Renzi va Abdelmalek Sellal ishtirokida boʻlib oʻtdi.

2021-yilning 6-7-noyabr kunlari Italiya Prezidenti Serjio Mattarella davlat tashrifi bilan Jazoirda boʻldi.

Huquqiy aloqalar



Mamlakatlar oʻrtasida 10 ta shartnoma imzolangan, jumladan:

Iqtisodiy aloqalar



Italiya Jazoirning hajmi boʻyicha birinchi importchisi va uchinchi eksportchisi hisoblanadi.

Afrika qitʼasida Jazoir Italiyaning yetakchi savdo sherigidir.

Italiya Jazoir munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish uchun doimiy ravishda biznes-forumi oʻtkaziladi.

2020-yilda tovar ayirboshlash hajmi 5,83 milliard yevroni tashkil qildi. Ularning 3,14 milliardi Italiya importi, 1,94 milliardi Italiya eksportidir.

Jazoir eksportining katta qismi tabiiy gazdir. Jazoir Italiyaga yiliga 21 milliard kubometr gaz eksport qiladi. 2022-yil aprel oyida mamlakatlar oʻrtasida yiliga qoʻshimcha 9 milliard m3 gaz yetkazib berish boʻyicha kelishuv imzolandi.

Jazoirdan mashinasozlik, qayta ishlangan neft mahsulotlari, kimyoviy moddalar, temir va poʻlat mahsulotlari import qilinadi.

Jazoirda 200 ga yaqin italyan kompaniyasi ishlaydi.

Madaniyat sohasida



Italiyaning Jazoirda madaniyat instituti faoliyat yuritadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz