Jayranxona qiri




Jayranxona qiri  — Surxondaryo viloyatidagi qir. Bobotogʻ tizmasining janubi-gʻarbida joylashgan. Eng baland joyi 479 m (Qizilmozor choʻqqisi).

Nisbiy balandligi 40—100 m, quruq oʻzanlar bilan parchalangan. Jayranxona qiri neogenning gil, karbonatli va sulfatli jinslaridan tashkil topgan. Yon bagʻirlari eol kumlari bilan qoplangan. Etaklaridagi prolyuvial shleyflarda boʻz qoʻngʻir tuproklar, ayrim joylarda choʻl kum tuproqlari va qumliklar tarqalgan. Boʻzqoʻngʻir tuproqlarda shuvoq, qumliklarda efemer va efemeroidlar, shuningdek, juzgʻun, selin, taroqbosh, astragal oʻsadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz