Jayrano`t




Jayranoʻt (Frankenia hirsutra) — uchchanoqdoshlar (frankeniyadoshlar)ga mansub chala buta. Boʻyi 8—20 sm. Barglari nashtarsimon. Gullari mayda, tojbargi 5 ta, qoʻngʻir-pushti, kosachasi 5 tishli. Koʻsakchasi tuxumsimon, uz. 3 mm, eni 163 mm cha. May—sent.da gullab, urugʻlaydi. Oʻzbekistonning koʻpgina viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Resggublikasida tarqalgan. Erta bahorda yosh novdalari va barglarini jayranlar xush koʻrib yeydi, nomi ham shundan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz