Jaypur
Jaypur — Hindistonning shim.gʻarbidagi shahar, Aravali togʻlari etagida. Rojastqon shtatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 1,5 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). J.ga 1728 yilda asos solingan. 18-asrda ravnaq topgan rojput madaniyatining markazi boʻlgan. Shahar markazidagi qoʻrgʻonda 18-asrda qurilgan saroy kompleksi boʻlib, unda Chandra Mahal saroyi, badiy muzey, Jantar-Mantar rasadxonasi, Havo Mahal (Shamollar Saroyi; 1751—68) va b. meʼmoriy yodgorliklari saklangan. Shahar devoridan tashqarida, jan.da 19-asr oʻrtalari va 20-asrda J.ning yangi qismi qurilgan.
J.—savdo markazi, transport yoʻllari tuguni. Ip gazlama, koʻn poyabzal, keramika, elektrotexnika, oziqovqat sanoati korxonalari, temir yoʻl va avtomobil taʼmirlash ustaxonalari bor. Qoʻlda fil suyagi, marmar, metalldan badiiy buyumlar, zargarlik buyumlari tayyorlanadi, har xil gazlama toʻqiladi. Un-t bor. Turizm rivojlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org