Jayden Nelson




Jayden Nelson (Talaffuzi: Jayden Nilson)(2002-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — kanadalik professional futbolchi, „Toronto“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshlik yillari



Nelson Ontario shtatining Brampton shahrida oʻsgan va toʻrt yoshida Brampton YSC jamoasida futbol oʻynay boshlagan. Keyinchalik Jayden Nelson 14 yoshida Toronto FC akademiyasiga qoʻshildi.

Klubdagi sport faoliyati



Nelson 2017-yil 2-sentabr kuni Ontario 1-ligasida Toronto FC III jamoasida mavsumdagi yagona oʻyinida Toronto Skills FCga qarshi oʻyinda debyut qildi. Keyingi mavsumda Jayden Nelson yettita oʻyinda maydonga tushdi. Toronto FC III uchun birinchi golini 2018-yil 17-iyunda Vindzor TFCga qarshi oʻyinda kiritdi.

Nelson 2019-yilning 6-aprelida „Toronto FC II“ safida USL 1-ligasida „Orlando City B“ga qarshi oʻyinda zahiradan tushib debyut qildi.

2020-yil 23-yanvarda Nelson Toronto FC jamoasi bilan mahalliy oʻyinchi shartnomasini imzoladi. Jayden Nelson Toronto uchun MLSdagi debyutini MLS is Back turniri davomida Nyu-York City FC ga qarshi 16-tur uchrashuvini boshladi. 2021-yilda baʼzi oʻyinlar uchun ikkinchi jamoaga ijaraga berildi. Jayden Nelson Toronto FC II uchun birinchi professional golini 2021-yil 16-iyun kuni Fort Lauderdale CF darvozasiga kiritdi.

2021-yil dekabr oyida, MLS-2021 mavsumi yakunlanganidan soʻng, Nelson Belgiyaning „Anderlext“ klubiga mashgʻulot oʻtkazish uchun qoʻshildi. Jayden Nelson MLSdagi ilk golini 2022-yil 9-aprelda „ Real Salt Lake“ga qarshi oʻyinda urgan.

Xalqaro maydondagi faoliyati



Yoshlar miqyosida



Nelson 2016-yilda Kanadadagi birinchi yoshlar lagerida qatnashdi. Nelson Kanadaning 15 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasidagi debyutini 2017-yil 15-yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasidagi CONCACAF chempionatida 2017-yil 13-avgustda AQShga qarshi oʻtkazdi.

Nelson Kanadaning 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi uchun 2019-yil 2-may kuni AQShga qarshi CONCACAF 17 yoshgacha boʻlganlar chempionatida debyut qildi. Gvatemalaga qarshi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida Nelson 4:2 hisobida gʻalaba qozonib, xet-trik qayd etdi. Nelson turnirda yana ikki bor mos ravishda Kyurasao va Kosta-Rika darvozalariga gol urdi. Kanada 2013-yildan beri birinchi marta FIFA U-17 Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 2019-yil oxirida Nelson Kanadaning eng yaxshi yoshlar xalqaro oʻyinchisi deb topildi.

Nelson 2020-yil 26-fevralda 2020-yilgi CONCACAF erkaklar olimpiya saralash chempionati uchun Kanada U-23 terma jamoasining vaqtinchalik roʻyxatiga kiritildi.

Kattalar miqyosida



2020-yil yanvar oyida Nelson Barbados va Islandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oldidan Kanada kattalar jamoasiga chaqirildi. Jayden Nelson 7-yanvar kuni Barbadosga qarshi oʻyinda debyut qildi, 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zahiradan maydonga tushdi va uch kundan soʻng Barbadosga qarshi oʻyinda ham birinchi golini urdi.

Shaxsiy hayoti



Jayden Kanadada tugʻilgan va asli nasli yamaykalikdir. 2022-yilda Nelson oʻzining sobiq boshlangʻich maktabiga toʻxtatilgan snack dasturini qayta boshlash uchun xayriya qildi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Xalqaro goli

Yutuqlari



Toronto FC

Individual

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz