Jayda Hylton-Pelaia




Jayda Cheyni Hylton-Pelaia (talaffuzi: Jeyda Haylton-Peleye; 1998-yil 30-mayda tugʻilgan) — Ontarioning 1-liga klubi Woodbridge Strikers va Yamayka ayollar terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydigan futbolchi. Kanadada tugʻilgan Jayda Yamaykani xalqaro miqyosda himoya qiladi.

Yoshligi



Hylton-Pelaia Kanadaning Ontario shtatidagi Brampton shahrida tugʻilgan. Otasi Gary Hilton Yamaykada tugʻilgan va oʻsmirlik chogʻiga qadar u yerda yashagan, onasi Tracy Pelaia esa italiyalik. U sakkiz yoshida Brams United SC bilan futbol oʻynashni boshladi va oʻrta maktabda oʻqiyotganda Woodbridge Strikers yoshlar jamoasiga qoʻshildi. Hylton-Pelaia Bramptondagi St. Augustine katolik oʻrta maktabida oʻqigan, u yerda Falcons bilan toʻrt yil davomida jamoa sardori va ikki karra eng qimmat oʻyinchi boʻlgan.

Kollej



Hylton-Pelaia AQShning Shimoliy Karolina shtati Greenville shahridagi Sharqiy Karolina universitetida tahsil oldi.

Xalqaro faoliyati



Garchi u Kanadada tugʻilgan boʻlsa-da, Hylton-Pelaia otasi orqali Yamayka va onasi orqali Italiya terma jamoasida oʻynash huquqi bor edi. U birinchi marta Yamayka tomonidan 20 yoshgacha boʻlganlar darajasida chaqirilgan va 2018-yilgi KONKAKAF U-20 ayollar chempionati uchun tarkibga kiritilgan. Hylton-Pelaia turnir oldidan debyut qildi va yanvar oyida Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashubida oʻynadi. Chempionatda B guruhi finalini boshladi va Nikaragua bilan durang oʻynashdi.

Kattalar safidagi faoliyati, 2019-yildan hozirgi kungacha



Hylton-Pelaia birinchi marta 2019-iylgi Panamerika oʻyinlarida chaqirildi. U Meksikaga qarshi oʻyinda A guruhida debyut oʻyinini oʻtkazdi va Yamayka yettinchi oʻrinni egalladi. Hylton-Pelaia barcha uchrashuvlarning oʻynadi. Oʻyinlar yakunlanganidan soʻng, bosh murabbiy Hue Menzies Hylton-Pelaia yaxshi ishlagani va u 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichida kelajakdagi chaqiruvlar uchun koʻrib chiqilishini aytdi.

Biroq jarohatlar va COVID-19 pandemiyasining oqibatlari tufayli Hylton-Pelaia uch yil davomida Yamayka terma jamoasiga kelmadi. Unga nisbatan keyingi chaqiruv 2022-yilgi KONKAKAF W chempionati edi.

Faoliyat statistikasi



Klub



14.07.2022-yilgi holat boʻyicha [14]

Xalqaro



14.07.2022-yilgi holat boʻyicha [20]

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz