Javzo




Javzo — 1) zodiak yulduz turkumlarining biri. Belgisi Gem (lot. Gemini). Osmon gumbazining Shim. yarim sharida Saraton va Savr yulduz turkumlari Oralarida joylashgan. Eng yorugʻ yulduzlari Kastor (2-kattalikda) va Polluks (1-kattalikda). J.ni kuz, qish va bahor paytlarida kuzatish mumkin;

2) hijriy-shamsiy yil hisobining uchinchi oyi. Eron kalendarida J. 1925-yilgacha ishlatilgan. Afgʻon kalendarida 1911-yildan koʻllaniladi. J. 31 kundan iborat boʻlib, birinchi kuni 21—22 mayga toʻgʻri keladi (yana q. Burj).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz