Javshan




Javshan (fors— sovut, zirh) — qadimda va oʻrta asrlarda jangchining badanini jarohatlanishdan saqlash maqsadida kiyiladigan sovutning bir turi. J. jabaga nisbatan ogʻir. Dastlabki vaqtlarda u jez (bronza)dan, keyinchalik temir va pulatdan ishlangan. J. bargsimon temir parchalaridan mayin halqa simlar yordamida toʻqilgan. J.ni egiluvchan, bukiluvchan boʻlishi uchun uni maxsus tayyorlangan metall taxtachalarni biriktirib ham yasaganlar. Yirik lashkarboshilar, sarkardalar uchun baʼzan maxsus J. toʻqilgan. Mil. av. 1-ming yillikdayoq Markaziy Osiyo xalqlari jang paytida otlarga J. yopishgan (yana q. Bargustvon, Baktar, Sovut, Zirh).

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz