Javohir Sohibov
Javohir Sohibov (1995-yil 1-mart)
— Oʻzbekiston Super ligasining Surxon klubida yarim himoyachi sifatida toʻp suradigan oʻzbek futbolchisi. Shuningdek Oʻzbekiston yoshlar va milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.
Faoliyati
2013-yilda Paxtakor safida Liga oʻyinlarida bor yoʻgʻi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan. Paxtakor safida Ligadagi debyutini 2013-yil 30-iyun kuni Toshkent derbisida Bunyodkorga qarshi o‘tkazdi, 81-daqiqada maydonga tushgandi. Paxtakor safida 2015-yilgi Osiyo Chempionlar ligasining 5 ta uchrashuvida maydonga tushgan. 2015-yilgi mavsumda u Ligada 14 ta oʻyin oʻtkazdi (2015-yil 25-avgust holatiga koʻra). 2015-2016-yilgi mavsumda 16 ta sariq kartochka olgan. 2017-yil oyogʻidan qattiq jarohat oldi. 2018-yilgi mavsum oldidan Bekobodning „'Metallurg“ klubiga ijarag berildi. Sohibov „Metallurg“ safida 8 martta maydonga tushgan. Yozgi transfer oynasi vaqtida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga ijaraga berildi. Jizzaxliklar safida 2019-yilnig yozgi transfer mavsumigacha toʻp surdi. 2019-yil yoz faslida Toshkentning boshqa bir jamoasi „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Temiryoʻlchilar safida yarim mavsum davomida toʻp surdi. 2020-yil mavsum oldidan Oʻzbekiston Pro ligasi vakili Yaypanning „Turon“ klubi bilan shartnoma imzoladi va 1,5 mavsum davomida Yaypanliklar safida harakat qildi. Turon safida 8 martta (5 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushgan va 1 ta gol urgan. 2021-yil 6-mayda Paxtakorga qarshi oʻyinda durang keltiruvchi golni kiritgan. 2021-yilgi mavsum yozgi transfer oynasi vaqtida Termizning „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Surxondagi faoliyati davomida 34 ta oʻyinda (16 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushdi va 1gol urdi. Termizliklar safida ham 1,5 mavsum davomida harakat qildi. 20223-yilgi mavsum oldidan Qizgʻiziston chempionati vakili Oshning „Alay“ jamoasi bilan shartnoma imzolab legieoner futbochiga aylandi.
Terma jamoadagi faoliyati
U 2014-yilgi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-19 terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri bo‘lgan. 2015-yili Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida ishtirok etdi. Terma jamoa bilan 1/4 finalga qadar yetib borgan. U 2015-yilning sentyabr oyidan Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb etila boshlagan. 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi sardori bo‘lgan va O‘zbekiston U-20 musobaqaning chorak finaliga chiqqan. Sohibov 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida terma jamoaning barcha 5ta oʻyinida oʻynagan.
2015-yil 3-sentabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Sohibovni JCh—2018 saralashida Yamanga qarshi o‘yinga chaqirdi. Sohibov Yamanga qarshi oʻyinda debyut qildi. Asosiy tarkibda oʻynadi va birinchi boʻlimdan keyin almashtirildi. 2016-yil 30-mart holatiga ko‘ra, u milliy terma jamoa safida 7 ta o‘yin o‘tkazgan
Yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org