Javohir Sindarov




Javohir Sindarov (Sindorov Javohir; 2005-yil 8-dekabr, Toshkent, Oʻzbekistonda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik shaxmatchi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori (2018-yil). O‘zbekiston chempioni (2019-yil). U 2018-yilning oktabr oyida 12 yosh 10 oy-u 5 kunligida grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgan. Sportchi ushbu natijasi bilan dunyodagi eng yosh ikkinchi grossmeyster sifatida oʻzini tarixga muxrlab qoʻyishga erishgan. Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi g‘olibi. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi.

Faoliyati



Javohir 2017-yilning oktabr oyida xalqaro usta unvonini qoʻlga kiritadi. U 2018-yil iyun oyida Alexander Alekhine xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan shaxmat turniri Alekhine Memorialida oʻzining dastlabki grossmeyster (GM) darajasiga erishgan. Sportchi oʻsha yilning sentabr oyida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, xalqaro reytingini 2500 ballgacha oshirishga muvaffaq boʻladi.

2018-yil oktabr oyida u 1992-yildan beri har oy Vengriya poytaxi Budapesht shahrida oʻtkaziluvchi First Saturday turnirida uchinchi GM normasini qo‘lga kiritdi va o‘sha paytda tarixdagi ikkinchi eng yosh grossmeysterga aylandi. Sportchiga ushbu unvon FIDE tomonidan 2019-yilning mart oyida rasman taqdim etilgan. U 2018-yilda Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bronza medalni, 2019-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha 2021-yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qoʻlgan kiritgan. Ushbu turnirda 121-oʻrinni egallab, ikkinchi aylanada 8-pogʻonoda ketayotgan Alireza Firouzjani tay-brekda magʻlub etib, katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Biroq, toʻrtinchi aylanada Kacper Piorun tomonidan nokautga uchraydi va musobaqadagi ishtirokini 1/32 finaldayoq yakunlashga majbur boʻladi.

Natijalar jadvali




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz