Javlon Vahobov
Javlon Abdujalolovich Vahobov — oʻzbek huquqshunosi, diplomat. 2017-2023-yillarda Oʻzbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi. 2015-2017-yillarda va 2023-yildan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.
Biografiya
1980-yil 7-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ingliz va ispan tillarini biladi.
2001-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichini, 2003-yilda mazkur universitet magistratura bosqichini „xalqaro huquq“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2001—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi referenti, attashesi, 3-kotibi, boʻlim boshligʻi.
2006—2011 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati yetakchi konsultanti, bosh konsultanti.
2011—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari.
2013—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.
2013—2015 - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
2015-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
2017—2023 — Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi.
2018—2023 — Oʻzbekiston Respublikasining Kanadadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2021—2023 — Oʻzbekiston Respublikasining Braziliyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
Oilasi
Oilali, uch nafar farzandi bor. Ukasi — Vahobov Davron Abdujalolovich, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi.
Manbalar
uz.wikipedia.org