Javlon Jovliyev




Javlon Jovliyev  — yozuvchi, dramaturg. 1991-yil 24-iyul Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, Gʻishtli qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va Madaniyat institutining sanʼatshunoslik jurnalistikasi yoʻnalishini tamomlagan. 2021-yilning bestseller kitobi „Qoʻrqma“ romani muallifi. Romanda 1922-yilda Turkistondan Germaniya yuborilgan talabalarning ayanchli taqdiri va bugun kun yoshlari fojiasi tilga olingan. Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi.

Faoliyati




Ijodi



Yozuvchining hikoyalardan iborat „Ikki qalb uchrashuvi“ (2019) va "Qoʻrqma" kitoblari chop etilgan. „Issiq qor“ (Usmon Nosir haqida) dramasi Muqimiy nomidagi Musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan. Asarlari rus, ingliz va turk tillariga tarjima qilingan.

Eʼtirof



„Qoʻrqma“ asari uchun yozuvchi Javlon Jovliyev 2021-yil Tahsin mukofoti va Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Kelajak bunyodkori“ davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Bundan tashqari yozuvchiga Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev tomonidan 30 million soʻmlik sertifikat ham topshirildi. Asar muallifiga Afgʻonistonning „Oltin qalam“ mukofoti topshirildi. Asar „Yosh kitobxon“ respublika koʻrik tanlovining oʻqilishi lozim boʻlgan kitoblar roʻyxatiga kiritildi.

Tanqid



Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan monitoring qilinib, „Qoʻrqma“da kelgan ayrim jumlalar oʻquvchi ongiga salbiy taʼsir oʻtkazishi haqida aytib oʻtildi. Lekin AOKAning xulosasi ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab kitobxonlar, blogerlar va adabiyotshunoslarning tanqidiga sabab boʻldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz