Javlon Ibrohimov
Javlon Ibroximov (1990-yil 10-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbolchi, hozirda Namanganning „Navbahor“ klubi yarim himoyachisi.
Futbolchilik faoliyati
Klub
Javlon Ibrohimov professional faoliyatini 2007-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan. Oʻsha yilning oxirida „Traktor“ bankrot boʻlib, tarqalib ketganidan soʻng Qarshining „Nasaf“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va u erda bir mavsum va 4 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2009-yil boshida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma tuzib, ikki mavsum „temiryo‘lchilar“ safida to‘p surgan va 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2011-yilda Toshkentning boshqa bir klubi „Bunyodkor“ga o‘tib, hozirgacha o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 2011-yil 24-fevral kuni "Bunyodkor" sayti Jovlon Ibrohimovni „Bunyodkor“ning 2011-yilgi mavsumdagi o‘yinchisi sifatida taqdim etdi va eʼlon qildi. 2019-yil 18-fevral kuni "Bunyodkor" Ibrohimov „Suvon“ga o‘tganini eʼlon qildi. U turli klublar safida O‘zbekiston oliy ligasida 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.
Xalqaro
2011-yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi azosi. Ibrohimov futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida JCh-2014 saralash bosqichida ishtirok etgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org