Javdardagi ovchi




„Javdarzordagi xaloskor“ (inglizcha: The Catcher in the Rye) — amerikalik yozuvchi Jerome David Salinger qalamiga mansub romani.

2005-yil Time jurnali asarni 1923-yildan boshlab ingliz tilida yozilgan 100 ta eng yaxshi romanlar roʻyxatiga kiritgan. Modern Library nashriyoti esa romanni 20-asrning 100 ta eng yaxshi asarlari qatoridan joy olishga loyiq deb topgan.

Dastlab u kattalar uchun moʻljallangan boʻlsa-da, lekin jamiyatdagi soxtaliklarni tanqid ostiga olgani hamda gʻazab, jamiyatdan begonalashish kabi mavzularni koʻtargani uchun oʻspirinlarning sevimli kitobiga aylangan.

Javdarzordagi xaloskor asari juda keng maʼnolarni oʻz ichiga oladi. Asar nomining oʻzidayoq muallif bolalarni jarlik tomon ketishini oldini olishga, buzuqlik olamiga qadam qoʻymaslikka, kattalar dunyosidan ajralib qolishidan xalos etishga ishora qiladi. Asar yosh bolalarning oʻziga xos isyonini ochib berishga xizmat qiladi. Roman, shuningdek, yolgʻizlik, sevgi, oila, vijdon, tajriba va xatolar kabi murakkab masalalarga ham tegib oʻtadi.

Ushbu romanda qoʻpol jumlalar mavjud boʻlgani uchun, AQShda roman tanqid ostiga olingan va uzoq vaqt mobaynida nashr etilishi taqiqlangan.

Tavsif



Roman 16 yoshli oʻsmir, Holden Kolfild nomidan yozilgan. U sil kasaliga duch kelib, sanatoriyda davolanishga majbur boʻladi.

Holden 1949 yil dekabr oyida sodir boʻlgan voqealar haqida gapirib beradi.
Bosh qahramon Pensi maktabida oʻqigan. Ammo u oʻqish dasturini qoniqarli darajada oʻzlashtirmagani uchun, maktabdan haydalgan.
Holden Pensini tark etish arafasida turganda, turli xil ziddiyatlarga duch keladi. U qilichbozlik guruhining kapitani sifatida, musobaqaga Nyu-Yorkka boradi. Ammo sport jihozlarini metro vagonida unutib qoʻygani sababli, uning guruhi musobaqada ishtirok etish imkoniyatini yoʻqotadi.

Holden maktabdan haydalgani haqida ota-onasiga xabar bermay, qishgi taʼtilgacha qolgan bir necha kunni, Nyu-Yorkdagi mehmonxonalarning birida oʻtkazishga qaror qiladi.

Tongda Holden Salli Heys ismli dugonasi bilan telefon taqmogʻi orqali bogʻlanib, uni teatrga taklif qiladi.
Bundan soʻng u mehmonxonani tark etib, nonushta qilish uchun restoranga kiradi. U yerda Holden ikkita rohiba bilan tanishib oladi. Ularning biri adabiyot muallimasi boʻlgani uchun, Holden oʻqigan kitoblari haqida soʻz yuritadi. Xususan ular «Romeo va Julyetta» asarini muhokama qiladilar.

Nonushtadan soʻng, Holden singlisi uchun „Kichkintoy Sherli Binz“ nomli plastinkani xarid qilish maqsadida, musiqa doʻkoniga boradi. Yoʻlda bir notanish bola qoʻshiq kuylab yurganini eshitib qoladi. Bu kuyda: „Agar sen kimnidir javdarda, kechqurun tutgan boʻlsang…“ degan ibora mavjud edi. Qoʻshiq Holdenning kayfiyatini ozgina boʻlsa ham koʻtaradi.

Holden Salli bilan spektaklga boradi. Alfred Lant va Linn Fontennlarning aktorlik mahorati tomoshabinlarni gʻoyat zavqqa solgan boʻlsada, Holdenni pyesa qoniqtirmaydi
Spektakldan soʻng ular yaxmalakka boradilar. U yerda Holdenning ehtiyotsizligi sababli ular janjallashib qoladilar.

Kechga yaqin Holden maktabdagi tanishi Karl Lyuisni uchratib qoladi. Lyuis oʻzini doim takabbur tutuvchi talaba edi. Holdenning gaplarini eshitib, unga psixoanalitikga muroajaat qilishini maslahat beradi.

Bir oʻzi qolib, Holden markaziy tomoshabogʻga yoʻl oladi. Qish faslida koʻl boʻyidagi oʻrdaklar qayerga gʻoyib boʻlishi uni doim qiziqtirar edi. Yoʻlda Holden bilmagan holda singlisining musiqiy plastinkasini sindirib qoʻyadi.

Holden uyga borib kelishga qaror qiladi. Uning omadi keladi, uyda singlisi Fibidan tashqari hech kim boʻlmaydi. Holden singlisiga oʻzining orzulari haqida gapirib beradi.U notanish bolaning qoʻshigʻini ham eslaydi. (bu mashxur Britaniyalik shoir Robert Burnsning sheʼri edi):

Tushunyapsanmi ? Men ulkan, javdar bilan qoplangan bogʻda oʻynab yurgan kichkina bolalarni tasavvur qildim. Mingdan ortiq kichkintoylar. Atrofda esa mendan tashqari hech kim yoʻq. Men qoyaning eng chetida turibman, jarning tepasida. Tushunyapsanmi. Bolalar jarga yiqilib tushmasliklari uchun, ularni vaqtida tutib olish mening vazifam. Tushunyapsanmi. Ular oʻyin-kulgu bilan band boʻlib, qayerga chopib ketishayotganini sezmay qolishadi. Men esa yugurib kelib ularni tutib olaman. Bu mening ishim. Javdar bilan qoplangan jarning ustida bolalarni qoʻriqlash. Bilaman bu ahmoqlik. Lekin bu, men haqiqatdan ham xohlayotgan yagona narsa. Men ahmoq boʻlsam kerak.

Kutmaganda ularning ota-onasi uyga qaytib kelishadi. Holden ular bilan uchrashishga tayyor emas boʻlgani uchun, berkinib olib, uydan chiqib ketadi.
Tunov qilish maqsadida, Holden maktabdagi adabiyot ustozi mister Antolinining xonadoniga boradi. Muallim Holdenni xushmuomalalik bilan kutib olib, uning muammolarini muhokama qilishga tushadi.

Tong otganda Holden Gʻarb tomon joʻnab ketishga qaror qiladi. Holden hatto singlisiga maktub yozib qoldiradi. Bu maktubda u Fibi bilan uchrashish niyatida ekanligini xabar qiladi. Fibi akasining rejalarini eshitib, u bilan birga ketmoqchi boʻladi. Lekin Holden uning iltimosini rad etadi.
Fibini bu xabar gʻamga soladi. Singlisiga rahmi kelib, Holden uydan ketish niyatidan qaytadi. Fibi bilan yarashib olish maqsadida, uni Markaziy tomoshabogʻdagi hayvonat bogʻiga oboradi. U yerda ot oʻyini ishlayotgan boʻladi. Holden singlisini unda uchib koʻrishga koʻndiradi. Birdan jala quyib yuboradi. Romanning oxirida Holden yomgʻir ostida qolib ketganidan qatʼiy nazar, singlisining ot oʻyinida uchayotganini zavq bilan tomosha qilib, nihoyat oʻzini baxtiyor his etadi.

Epilogda esa Holden bu hodisalardan keyin sodir boʻlgan voqealar haqida qisqacha gapirib beradi.

Yaratilish tarixi




Omillar




Hikoya hech qayerda nashr etilmagan. Ammo Prinston universitetining kutubxonasida bor. Uni faqat universitet talabalari, kutubxonachi nazorati ostida oʻqish imkoniyatiga egadirlar.
Salingerning oʻlimidan 50 yil oʻtgach (2060 yil 27 yanvar kuni) "The Ocean Full of Bowling Balls" ommabop nashr etiladi.

Davomi



2009 yil shvetsiyalik yozuvchi Fredrik Kolting, Djon David Kaliforniya taxallusi ostida "60 Years Later: Coming Through the Rye" nomli roman yozgan. Koltingning qahramoni 76 yoshli keksa. Mister K., qariyalar uyidan qochib ketib, Nyu-Yorkning koʻchalaridan sayr qilib yuradi. 2009 yil 1 iyunda, Salinger Koltinni adabiy oʻgʻirilikda ayblab, sudga daʼvo berdi. Shu yilning 1 iyulidan boshlab, roman AQSH va Kanada hududlarida chop etilishi, sud orqali taqiqlangan. Roman hozirgi kun Shvetsiya va Buyuk Britaniya davlatlarida qisman nashr etilgan.

Hayotga boʻlgan taʼsiri



Bir nechta qotilliklar roman bilan bogʻliq boʻlgan:

Madaniyatga boʻlgan taʼsiri




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz