Java Development Kit
Java Development Kit(
JDK ) Oracle korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Java texnologiyasining distributsiyasidir. U Java tili spetsifikatsiyasi(
JLS ) va Java virtual mashina spetsifikatsiyasini (
JVMS ) qoʻllaydi va Java dasturlash interfeysining(
API ) standart nashrini (
SE ) taqdim etadi. Bu Oracle tomonidan tashkil etilgan OpenJDK hamjamiyatining loyihasidir. Ushbu toʻplam Java ilovalari bilan ishlash uchun dasturiy taʼminotni taqdim etadi. Misol uchun, Java dasturchilari uchun zarur boʻlgan virtual mashina, kompilyatorlar, samaradorlikni monitoring qiluvchi asbob-uskunalar va shu kabi boshqa zaruriy utilitlarni oʻz ichiga olgan.
Oracle ushbu dasturiy taʼminotni hozirgi versiyasini Oracle No-Fee Terms and Conditions(
NFTC ) litsenziyasi ostida ishlab chiqarmoqda. Oracle distributsiyani hozirda x86-64 arxitekturasidagi Windows, Linux, macOS operatsion tizimlari, hamda aarch64 arxitekturasidagi macOS va Linux tizimlari uchun ishlab chiqadi. Eskiroq versiyalari esa Oracle Solaris operatsion tizimi va SPARC arxitekturasini qoʻllab quvvatlaydi.
Shuningdek, Oracle
JVMS ning asosiy implementatsiyasi HotSpot(virtual mashina) nomi bilan ham tanilgan.
JDK tarkibi
JDK oʻzining asosiy komponentlari sifatida quyidagi dasturlash vositalari toʻplamiga ega, jumladan:
Eksperimental vositalar JDK ning kelajakdagi versiyalarida mavjud boʻlmasligi mumkin.
JDK toʻplami, shuningdek, „oddiy“ JRE toʻplamidan ajratilganligi va qoʻshimcha komponentlarga ega boʻlgan, odatda private runtime deb ataladigan toʻliq Java Runtime Environment (JRE) bilan birga keladi. U Java virtual mashinasi va dasturiy muhitida mavjud boʻlgan barcha klass kutubxonalaridan, shuningdek, dasturchilar uchun foydali boʻlgan qoʻshimcha kutubxonalardan, masalan, xalqaro kutubxonalar va IDL kutubxonalaridan iborat.
JDK ning barcha versiyalari Java API ning deyarli barcha komponentlaridan foydalanadigan dasturlarning keng qamrovini oʻz ichiga oladi.
Boshqa JDKlar
Ushbu maqolada muhokama qilingan eng keng tarqalgan JDK-dan tashqari, turli platformalar uchun boshqa JDK-lar mavjud boʻlib, ularning baʼzilari Sun JDK manbasidan ishlab chiqilgan, baʼzilari esa yoʻq. Hammasi asosiy Java spetsifikatsiyalariga amal qiladi, lekin koʻpincha kompilyatsiya strategiyalari va optimallashtirish metodlari kabi sohalarda bir-biridan farqlanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqilgan yoki texnik xizmat qoʻllab-quvvatlash rejimida:
Qoʻllab-quvvatlanmaydigan yoki toʻxtatilgan:
Yana qarang.mw-parser-output .portalbox{padding:0;margin:0.5em 0;display:table;box-sizing:border-box;max-width:175px;list-style:none}.mw-parser-output .portalborder{border:solid #aaa 1px;padding:0.1em;background:#f9f9f9}.mw-parser-output .portalbox-entry{display:table-row;font-size:85%;line-height:110%;height:1.9em;font-style:italic;font-weight:bold}.mw-parser-output .portalbox-image{display:table-cell;padding:0.2em;vertical-align:middle;text-align:center}.mw-parser-output .portalbox-link{display:table-cell;padding:0.2em 0.2em 0.2em 0.3em;vertical-align:middle}@media(min-width:720px){.mw-parser-output .portalleft{clear:left;float:left;margin:0.5em 1em 0.5em 0}.mw-parser-output .portalright{clear:right;float:right;margin:0.5em 0 0.5em 1em}}
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org