Jasurbek Latipov




Jasurbek Latipov (oʻzbekcha: Jasurbek Latipov ; 1991-yil 15-sentabr) — Andijonlik o‘zbek bokschisi.

Faoliyati



Boku va Olma-Otada boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarining ikki karra sovrindori (2011, 2013), Qozondagi 2013-yilgi yozgi Universiadaning bronza medali sovrindori, Londondagi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Shuningdek, boks bo‘yicha bir qator respublika va xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindori. Shuningdek Uzbek Tigers terma jamoasi bir qator turlarda muvaffaqiyatli qatnashgan.

Jahon chempionati 2017



Germaniyadagi jahon chempionatida oʻzbek bokschilari ichida sovrindor sportchilaridan biri boʻldi. Turnirda dastlab Puerto-Rikolik Yankiel Rivera Figurero qarshi ringga chiqdi. Jangda katta ustunlikka erishgan Latipov ochkolar boʻyicha 5-0 hisoboda gʻalaba qozondi. Ikkinchi bosqichda bolgariyalik bokschi, Yevropa chempioni Daniel Asenovga qarshi ringga chiqdi. Latipovning kuchli raqibi bilan janngi ancha murosasiz ruhda oʻtib, oʻzbek bokschisining 3-2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Latipov navbatdagi chorak va yarim final bosqichida ham kuchli raqiblari bilan jangda qatnashib, muhim gʻalabalarga erishdi. Finalda esa kubalik bokschi Yosbani Veitiaga qarshi ringga chiqdi. Jangda imkoniyati darajasidan pastroq harakat qilgan Jasurbek yakunda raqibiga 5-0 hisobida magʻlub boʻldi va kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Bu Jasurbekning Boks boʻyicha jaxon chempionatlaridagi, 52 kg vazn toifasidagi ikkinchi kumush medalga aylandi. Bundan avval 2013-yilgi jahon chempionatida ham kumush medal sohibi boʻlgan edi.

Osiyo chempionati 2017



2017-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 52 kg vazn toifasida chempiong ayalandi. Finalgacha bir qtor kuchli raqiblar, pokistonlik Said Asif, qirg‘izistonlik Azat Usenaliyev kabi bokschilar qarchi janglarda gʻalaba qozondi. Finalda esa koreyalik In Kyu Kimga qarshi jang olib bordi va gʻalabani qoʻlga kirita oldi.

Yutuqlar




Mukofotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz