Jasur Rizayev




Jasur Alimjanovich Rizayev — oʻzbekistonlik olim, tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkent davlat stomatologiya institutining sobiq rektori. Hozirda, Oʻzbekistondagi ilk oliy taʼlim muassasalaridan biri — Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori. Tibbiyot boʻyicha 3 monografiya va oliy taʼlimning tibbiyot sohasidagi talabalar uchun moʻljallangan koʻpgina darslik va oʻquv-qoʻllanmalar muallifi.

Biografiyasi



Rizaev Jasur Alimjanovich 1974-yil 27-iyunda Toshkent shahrida ishchilar oilasida tugʻilgan. 1991-yilda Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 254-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1996-yilda Toshkent birinchi tibbiyot institutini tamomlagagan. 1996-yildan shu institutning ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimi va poliklinikada internatura shifokori; 1998-yildan institutining terapevtik stomatologiya kafedrasida katta laborant; 2000—2007-yillarda yordamchi sifatida oʻz faoliyatini davom ettirgan. 2005—2007-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalar kasaba uyushma tashkilotining raisi boʻlgan.

2006-yilda „Periodontit kursining klinik va funktsional koʻrsatkichlari va davolash xususiyatlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2007-yildan boshlab u terapevtik stomatologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan, ish jarayonida bemorlarga yordam berish koʻnikmalarini mukammal egallagan. 2007-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi bosh shifokorining oʻrinbosari, 2009-yilda Toshkent shahridagi Uchtepa tibbiyot birlashmasining rahbari, 2011-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi bosh shifokori lavozimlariga tayinlangan.

2015-yilda „Kompleks ijtimoiy-gigiena tadqiqotlari asosida Oʻzbekiston aholisida periodontal kasalliklarning oldini olish boʻyicha konsepsiya va dasturlarni ishlab chiqish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2016-yil 26-avgustdan 2020-yilgacha Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori. 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2013-yil 6-noyabrdagi 455-sonli buyrugʻi bilan Rizaev J. A. Sogʻliqni saqlash aʼlochisi koʻkrak nishoni, shuningdek Mustaqillikning 20 yilligi va Mustaqillikning 25 yilligi koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Jasur Rizayev 2023-yil 28-mart kuni MANEB akademiyasi prezidenti Rogaleva Lyubov Viktorovna tomonidan rektorimiz J.A.Rizayevga MANEB akademiyasi " Akademik" hamda M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva viloyat ilmiy-tadqiqot klinik instituti (MONIKI) “Faxriy professori” unvonlarini olgan.

Ilmiy faoliyati



Google Scholar maʼlumotlar bazasida yuzdan ortiq ilmiy maqolalari bor.
Biomeditsina va amaliyot jurnali
Biologiya va tibbiyot muammolari jurnali
Doktor axborotnomasi jurnali

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz