Jasur Jumayev




Jumayev Jasur Alimboyevich  — oʻzbekistonlik hunarmand va jamoat arbobi. Oʻzbek somon sanʼati ustasi.

Biografiyasi



1984-yil 24-dekabrda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Sijjak qishlogʻida tugʻilgan. 1997-yildan ayrim sabablarga koʻra 1-guruh nogironligi boʻlgan shaxs sifatida imkoniyati cheklanganlar aravachasi yordamida harakatlanadi. 16 yoshidan hunarmadchilikning somon sanʼati yoʻnalishiga qiziqib, shu soha bilan shugʻullana boshlagan. 2009-yildan buyon Respublika „Hunarmand“ uyushmasi aʼzosi. 2017-yilda Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzoligiga qabul qilingan. 2018-yildan buyon Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi.

Mehnat faoliyati



2008—2012 — Milliy rassomlik va dizayn instituti bakalar bosqichi talabasi.

2012—2014 — Milliy rassomlik va dizayn instituti magistri.

2014—2017 — Milliy rassomlik va dizayn instituti „Reklama va amaliy grafika“ kafedrasi oʻqituvchisi.

2017—2020 — Milliy rassomlik va dizayn instituti „Reklama va amaliy grafika“ kafedrasi katta oʻqituvchisi.

2020-yildan — Milliy rassomlik va dizayn instituti „Amaliy grafika“ kafedrasi dotsenti.

Mukofotlari



2012-yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni sovrindori boʻlgan.

2015-yilda „Jasorat“ medali bilan mukofotlangan.

2015-yilda „Etirof-2015“ mukofoti sovrindori, yilning eng yaxshi hunarmandi.

2020-yilda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan taʼsis etilgan „Milliy madaniyatimiz va sanʼatimiz rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.

Manbalar




Havolalar



Jasur Jumayevning Instagram sahifasi

Jasur Jumayev Facebook sahifasi

Video YouTubeda

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz