Jasur Boyqo‘ziyev




Jasur Tavbayevich Boyqo'ziyev (1986-yil 4-sentabr, Angren) — oʻzbekistonlik taekvondochi, ogʻir vazn toifasida ishtirok etadi. 2014-yilda Osiyo oʻyinlari gʻolibi, Osiyo chempioni, 2015-yilda jahon chempionati kumush medali sovrindori.

Sport faoliyati



Toshkent taekvondo maktabi tarbiyalanuvchisi. Kattalar oʻrtasidagi xalqaro musobaqalarda Boyqoʻziyev 2009-yilda Belgradda boʻlib oʻtgan Universiada oʻyinlarida 78 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ilk marta bellashgan va ikkinchi raundda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan janubiy koreyalik boʻlajak bronza medali sovrindori Pek Sun Xonga magʻlub boʻlgan. 2009-yilda ham Jasur  birinchibor  jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo 1/8 finalda ozarbayjonlik Rashad Ahmadov tomonidan magʻlub boʻlgan.

2012-yildan boshlab u 87 kg gacha boʻlgan vazn toifasiga ishtirok etdi va oʻsha yilning 12 martida Gamburgda Germaniya ochiq chempionatida gʻolib chiqdi. Xoshiminda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u finalda musobaqa mezboni Nguyen Chong Kuongga yutqazib, oltin medalga bir qadam qolganda yengiladi.

2013-yilda Puyebladagi jahon chempionatida Jasur 1/8 finalda Xitoy vakili Ma Chjaoyunga imkoniyatni boy beradi. Oradan bir yil oʻtib, Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Boyqoʻziyev finalda eronlik Yusef Keramini magʻlub etib, qit’aning eng kuchlisi unvoniga sazovor boʻldi va Inchxonda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi.

2015-yilda Chelyabinskdagi  jahon chempionatida ishtirok etib, Boyqoʻziyev turnirning asosiy ishtirokchilari qatoridan joy oldi va Jasur final toʻqnashuvida Radik Isayevga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Olimpiada dasturida taqdim etilgan taekvondo boʻyicha cheklangan vazn toifalari tufayli Boyqoʻziyev ishtirok etadigan vazn ogʻir vazn toifalari bilan jipslashtirildi. Shu tariqa eng yuqori vazn toifasi birlashgan jahon reytingining dastlabki ikki pogʻonasini ikki nafar oʻzbekistonlik sportchi – Jasur va Dmitriy Shokinlarga Olimpiada oʻyinlarida qatnashish huquqini berdi, biroq milliy kvotalar tufayli Oʻzbekistonga faqat bitta Olimpiya yoʻllanmasi taqdim etilgan edi. Terma jamoa murabbiylar shtabi yoʻllanmani Shokin foydasiga hal qilishdi. Keyinchalik Boyqoʻziyev murabbiyning bunday qaroriga rozi ekanligini tan oladi.

Oradan vaqt oʻtib, Jasur Boyqo'ziyev “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz