Jasorat bogʻi
Harbiy shon-shuhrat bogʻi yoki
Jasorat bogʻi — Toshkent shahridagi istirohat bogʻi, 1975-yilning may oyida Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 30 yilligi munosabati bilan ochilgan. Bogʻ TurkVO (Turkiston Harbiy Okrugi) tarix muzeyi oldida joylashgandi.Usbu muzey 1965-yilda tashkil etilgan boʻlib, ekspozitsiyasi Markaziy Osiyo (Turkiston o‘lkasi) Qurolli Kuchlarining butun tarixini qamrab olgandi.
TurkVO tarixiy muzeyi 1991-yilda nomi — Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari muzeyiga oʻzgartirilgan.Bogʻ markazida, muzey binosi oldida olti metrli „Janubiy chegaralar himoyachisi“(1973-yilda oʻrnatilgan) haykali yuksalib turardi.Haykaltaroshlar V. Artamonov, meʼmorlar L. Adamov, A. Afanasyev, A. Morozovlar tomonidan yaratilgan yodgorlik mis varaqni teshish texnikasida yasalgan. 1991-yilda yodgorlik „Vatan himoyachisi“ monumenti deb oʻzgartirilgan. Yodgorlik oldidagi xiyobonda harbiylarning turli bo‘g‘inlari vakillarining byustlari o‘rnatilgan.Jumladan:Partizanlar, parashyutchilar, sapyorlar, dengizchilar, uchuvchilar, qurolchilar, shifokorlar, signalchilar, skautlar, piyoda askarlar va tankirlar byustlaridir. Bu urush va mehnat faxriylarining sevimli dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi.
Vatanga qasamyod monumenti
2010-yil 12-yanvar kuni rekonstruksiyadan so‘ng, qayta taʼmirlangan „Jangovar shon-shuhrat“ („Jasorat“) istirohat bogida yangi " Vatanga qasamyod " monumenti ochildi.
U haykaltarosh Ravshan Mirtojiyev (O‘zbekiston xalq rassomi, Toshkentdagi G‘afur G‘ulom, Beruniy, Qodiriy, Qahhor va Zulfiya, Andijondagi Bobur va Moskvadagi Alisher Navoiyning mashhur yodgorliklari muallifi) yaratgan 12 metr balandlikdagi haykaldir.O‘zbekiston bayrog‘i ostida Vatanga sodiqlikka qasamyod qilayotgan, tiz choʻkib turgan askar siymosi ifoda etilgan. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi orqasida ibodat qilayotgan musulmon ayol tasvirlangan.Bu oʻgʻliga fotiha berib oq yo‘l tilayotgan ona vatan timsolidir. Mazkur yodgorlik 2010-yil 12-yanvarda ochilgan. Shu marosimida ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga ko‘ra bu monumentga „Vatanga qasamyod“ nomi berilgan.
Poydevordagi yozuvda: O‘zbekiston Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimovning 1991-yil 6-sentabridagi farmoniga asosan, Oʻzbekiston armiyasi tuzilgan.Va 1993-yil 29-dekabrdagi qonunga muvofiq 14-yanvar „Vatan himoyachilari kuni“ deb eʼlon qilindi, deb muhrlangan.
Harbiy texnikaning barcha namunalari: Mig-21 reaktiv samolyotining maketi, „Katyusha“, T-34-85 tanklari, BMP-2, SU-100 oʻziyurar qurilmalar, shuningdek artilleriya harbiy texnikasi namunalari: Sovet Armiyasi safida xizmatida turgan dala, armiya va zenit artilleriya uchun turli kalibrli qurollar, pulemyot qurilmalari va boshqalar demontaj qilindi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Ilhom Neʼmatov eksponatlar Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 65 yilligi munosabati bilan restavratsiyaga jo‘natilgani va qaytarilishini taʼkidlagan bo‘lsa-da, o‘z so‘zida turmadi.. Shuningdek TurkVO shtab-kvartirasi hovlisidagi IS-3 tanki va TurkVO shtab-kvartirasi yaqinidagi avtomobil qismiga kiraverishda o‘ziyurar gaubitsa ham demontaj qilindi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org