Jasminum officinale




Jasminium officinale yoki oddiygina yasemin sifatida tanilgan zaytundoshlar oilasiga gullaydigan oʻsimlik turi. Uning vatani Kavkaz va Osiyoning baʼzi qismlari.

U yozgi yasemin , shoir yasemini , oq yasemin , haqiqiy yasemin yoki jessamin nomi bilan ham tanilgan. Yozda gullaridan tarqaladigan kuchli hidi uchun moʻtadil dunyoda bogʻbonlar tomonidan juda qadrlanadi. Bu o‘simlik Pokistonning milliy gulidir.

Tavsif



Jasminum officinale — barglari o‘tkir uchli, gullari yozda ochiladi yulduz shaklida, rangi oq. Bir novdada 5 tadan 9 tagacha barg qarama-qarshi joylashadi.

Etimologiya



Lotincha binar nomi officinale „foydali“ degan maʼnoni anglatadi.

Tarqalish



U tabiiy holatda Kavkaz, Shimoliy Eron, Afgʻoniston, Pokiston, Himoloy, Tojikiston, Hindiston, Nepal va Gʻarbiy Xitoyda (Guychjou, Sichuan, Xizang (Tibet), Yunnan) o‘sadi. Bu tur koʻp joylarda ham keng tarqalgan boʻlib, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Ruminiya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Serbiya, Jazoir, Florida va Gʻarbiy Hindistonda tabiiylashtirilgan.

Kimyoviy tarkibi



Uning tarkibida alkaloidlar, kumarinlar, flavonoidlar, taninlar, terpenoidlar, glikozidlar, emodin, leykoantsiyaninlar, steroidlar, antosiyaninlar, flobatininlar, efir moylari va saponinlar mavjud.

Turlari



Bogʻda foydalanish uchun koʻplab navlar ishlab chiqilgan. Barglari krem-oq rangga ega boʻlgan Argenteovariegatum navi Qirollik bogʻdorchilik jamiyatining Bogʻdagi xizmatlari uchun mukofotiga sazovor boʻlgan.

Aromaterapiya va oʻsimlik tibbiyoti




Jasminum officinale efir moyi aromaterapiyada qoʻllaniladi. Yasemin mutlaq „moylar qiroli“ sifatida tanilgan, uning ogʻir, shirin hidi koʻpchilikka juda yoqadi. Gullar oʻzlarining xushboʻy hidini oqshom paytida chiqaradilar, shuning uchun gullar tunda teriladi va erituvchi ekstraktsiyasi orqali ozgina miqdorda moy olinadi. Bu uda qimmat moy, lekin u past konsentratsiyalarda qo‘llanfanda yaxshi natija beradi. Yaseminning xushboʻyligi tinchlantiruvchi xususiyatga ega.

Oʻsimlik dermatologiyada antiseptik yoki yalligʻlanishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi.

Jasminum officinale var. grandiflorum — Xitoyning janubida gepatitni davolash uchun ishlatiladi. U ichga qo‘llanilganda virusga qarshi faollikni koʻrsatgan.

Jasminum officinale var gul kurtaklarining ekstrakti, kalamushlarda qon zardobidagi progesteron darajasining sezilarli pasayishiga olib keldi.

Xavfsizlik



Bu moy juda tez-tez yoki yuqori konsentratsiyalarda ishlatilsa, baʼzi odamlarda qichimani keltirib chiqarishi mumkin. Yaseminning asosiy tarkibiy qismi benzil asetat (~ 25%) boʻlib, u teri orqali soʻrilishi va allergik xususiyatga ega ekanligi maʼlum. Yasemin ham emmenagog hisoblanadi  va shuning uchun homiladorlik paytida ishlatilmasligi kerak.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz