Jasmin Burić




Jasmin Burić (talaffuzi: Yasmin Burich; 1987-yil 18-fevralda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Ekstraklasa vakili Zagłębie Lubin darvozaboni.

Burić professional faoliyatini Čelik Zenicada boshlagan. Keyin 2009-yilda Lech Poznaga qoʻshilishgan. Oʻn yildan keyin, Hapoelga oʻtdi. 2022-yilda Zagłębie Lubin bilan shartnoma imzoladi.

Bosniya va Gersegovinaning yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan Burić 2008-yilda milliy terma jamoadagi debyutini o‘tkazgan, 2020-yilgacha 3 ta o‘yin o‘tkazgan.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Burić Čelik Zenicada 2005-yilda 18 yoshida professional debyut qilgan.

Lech Poznań



2009-yil yanvar oyida Burić nomaʼlum toʻlov evaziga Polshaning Lech Poznań jamoasiga oʻtdi. 19-may kuni Polsha kubogi finalida Ruch Chorzówni magʻlub etdi, darvozabon klub bilan birinchi sovrinini qoʻlga kiritdi. 18-oktyabrda Wisła Krakówga qarshi oʻyinda rasmiy debyutini oʻtkazdi.

2012-yilning iyulida shartnomasini 2016-yilning iyuniga qadar uzaytirdi.

Burić 2015-yil 25-iyul kuni Gdanskning Lechia klubiga qarshi jamoadagi 100-o‘yinini o‘tkazdi.

2016-yilning yanvaridu klub bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi.

2019-yilning 10-martida Miedź Legnicaga qarshi o‘yinda 200-uchrashuvini o‘tkazdi.

Hapoel Haifa va Zagłębie Lubin



Oʻsha yilning iyun oyida Burić Isroilning Hapoel Haifa jamoasiga oʻtdi.

2022-yil yanvar oyida Zagłębie Lubinga qoʻshildi.

Xalqaro faoliyati



Burić Bosniya va Gersegovinani barcha yoshlar darajasida himoya qilgan.

2008-yilning may oyida Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun birinchi marta chaqiruv oldi va 1-iyun kuni oʻsha oʻyinda debyut qildi.

Shaxsiy hayoti



Burić 2016-yil may oyida Lejla ismli sevgilisiga uylangan.

2017-yilda Polsha pasportni oldi.

Faoliyati statistikasi



Klubda



12-noyabr, 2022-yil[17]

Xalqaro



12-noyabr, 2020-yil[18]

Yutuqlari



Lech Poznań

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz