Jasmin




Yosmin , jasmin (Jasminum) — zaytundoshlarning bir turkumi. Tropik va subtropik oʻlkalarda 200 ga yaqin turi bor. Shulardan 2 turi dorivor (J. Offi cinall — Gruziyada va J. fruticans — Kopetdogʻda) yovvoyi holda oʻsadi. Abxaziyada yirik gulli Yo. (Jasminum grandifl orum L.) ekiladi, gulidan parfyumeriya sanoatida qimmatli efir moyi olinadi (yangi terilgan gulida 0,1% gacha efir moyi bor), choyga xushboʻy hid berish uchun ishlatiladi. Oʻzbekistonda Yo. (J. fruticans) manzarali oʻsimlik sifatida (1,2x0,75 yoki 1x1 m sxemada) ekiladi. Yo. ekilgan maydonlardan 20—25 yil gul olish mumkin. Boʻyi 100—150 sm, barglari oddiy yoki 3 boʻlakli, ustki bargchalari kuraksimon. Kosachasi qoʻngʻir, bigizsimon, uzun boʻlaklarga boʻlingan. Guli sariq. May oyida qiygʻos gullaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz