Jarroh baliqlar




Jarroh baliqlar (Acanthuridae) — okunsimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Tanasi yon tomondan yassilashgan, mayda tangachalar bilan qoplangan, uz. 15—60 sm. Dumining ikki yonida harakatchan oʻtkir pixi boʻladi. Pixlar teridagi chuqurchaga kirib turadi, xavf tugʻilganida bir zumda toʻgʻrilanib chiqadi. 300 ga yaqin turi tropik dengizlarda tarqalgan. Rangi chiroyli, koral riflari va suv osti qoyalari orasida uchraydi. Uvildirigʻi suvda qalqib turadi. Chavoklari plankton b-n, voyaga yetgan baliqlar suv oʻtlari bilan oziqlanadi. Suzgichlardagi tikanlari va dumidagi pixlari sanchilganida ogʻritadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz