Jarqo‘ton otashkadasi




Jarqoʻton otashkadasi  — Surxondaryo viloyati Jarqoʻton shahri. harobasidagi otashparastlar ibodatxonasi. Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharqdagi eng qad. otashkada hisoblanadi. Jarqoʻton otashkadasida A. Asqarov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya tadqiqot ishlari olib borgan (1973-yildan). Jarqoʻton otashkadasi.ning tarhi toʻgʻri toʻrtburchak (44x64 m) boʻlib, devor (qalinligi 4,5 m) bilan oʻralgan. Unda doira shaklidagi 6 sajdagoh, 5 muqaddas quduq, tabarruk ashyolar saqlanadigan maxsus xona va b. xoʻjalik xonalari boʻlgan. Ibodatxona markazida katta supa (ochiq platforma) boʻlib, uning markazida chor minor qoldiqlari va katta sajdagoh topilgan. Kohinlar yashaydigan supali xonalar, muqaddas olov va kul saqlanadigan otashgoxlar, muqaddas ichimlik (saoma — xaoma) tayyorlanadigan xonalar ochilgan. Jarqoʻton otashkadasidan sirlangan, bezakli sopol idishlar, loydan ishlangan odam haykalchalari, afsonaviy qush Geruda — Humo tasvirlangan idish, sopol quvurlar va b. topilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz