Jarqoq platosi




Jarqoq platosi  — Buxoro viloyatidagi plato. Amu-Buxoro mashina kanalining oʻng sohilida joylashgan. Eng baland joyi 393 m, uz. 12 km, eni 3-4 km. Plato atrofdagi tekislikka nisbatan gumbazeimon koʻtarilgan. Yon bagʻirlari, ayniqsa, janubi-sharqi va shimoli-gʻarbi ancha tik. Shimoli-gʻarbiy yon bari tekislikka zinapoyasimon pasayib boradi, suvayirgʻich qismi yassi. Yon bagʻirlari tub jinslar (ohaktosh, qumtosh, konglomerat)dan iborat qatlamlardan tashkil topgan. Etaklarida mayda shagʻal va qum aralash dagʻal jinslardan iborat prolyuvial shleyf bor. Boʻzqoʻngʻir tuproqlarda asosan shuvoq, biyurgʻun, boyalich, keyreuk tarqalgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz