Jarkent-Arasan




Jarkent-Arasan (qozoqcha: Жаркент-Арасан) — Qozogʻiston Respublikasining Almati viloyati, Panfilov tumaniga qarashli qishloq. Ulkenagash qishloq okrugi tarkibiga kiradi. KATO kodi — 195653200.

Aholisi



1999-yilda qishloq aholisi 65 kishini (31 erkak va 34 ayol) tashkil qilgan. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda 67 kishi (35 erkak va 32 ayol) yashagan.

Balneologik sanatoriya



Jarkent-Arasan qishlogʻi yaqinida, Jungʻariya olatovi darasida (dengiz sathidan 1100 m balandlikda), Boroxudzir daryosi vodiysida shu nomdagi balneologik sanatoriya bor. Ushbu sanatoriya 1967-yilda ochilgan; qishi (yanvarning oʻrtacha harorati −5 °C) va yozi oʻrtacha issiq boʻlgani uchun yil davomida faoliyat yuritadi. Jarkent-Arasan suvlari radon aralashmasi bilan natriy xlorosulfatdan iborat.

Manbalar




>

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz