Jarkent
Jarkent — (qoz. Жаркент) Almati viloyati Panfilov tumanidagi shahar, tuman markazi (1928-yildan). Viloyat markazi — Taldiqoʻrgʻan shahridan janubi-sharqqa tomon 289 km masofada, Almati shahridan shimoli-sharqqa tomon 331 km masofada, Ile daryosi yaqinida joylashgan. Aholisi 41,2 ming kishi (2012).
Aholisi
1999-yili shahar aholisi 32 656 kishini, 2012-yili esa shahar aholisi 41 127 kishini tashkil qildi.
Tarixi
Jarkentga 1881-yil asos solindi va 1891-yilda shahar mavqeini oldi. Boshlanishida, asosan, kichik hunarmandlar va savdo-sotiq shahri boʻlgan, 1928-yildan tuman markazi. Shu vaqtda yangi korxonalar ochilib, bunyodkorlik ishlari davom etdi. Shahar 1942 — 1992-yillari Kengash Ittifoqining qahramoni I.V.Panfilovning nomi bilan ataldi.
Sanoati
Jarkentda qurulish zavodi, non, goʻsht kombinatlari, tikish fabrikasi va boshqa korxonalar faoliyat yuritadi. Jarkent orqali Almati — Qoʻrgʻas — Urumchi avtomagistrali oʻtadi.
Ijtimoiy soha
Shaharda 7 oʻrta maktab, ped. maktab, (respublikadagi birinchi oʻquv joylarining biri, 1929-yil ochilgan), masjid, 2 kinoteatr, 3 kutubxona, madaniyat uyi, 3 klub, kasalxona, shifoxona, stadion, avtostansiya, yirik savdo markazi va boshqa mahkamalar bor (1999).
Manbalar
uz.wikipedia.org