Jargalant
Kobdo , Jargalant — Mongoliyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Buyant-Gol daryosi boʻyida. Kobdo aymogʻining maʼmuriy markazi. Aholisi 27,9 ming kishi (1999). K. mamlakat gʻarbiy qismining muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Transmongoliya avtomobil magistrali yonida. Qurilish materiallari i.ch, oziq-ovqat, energetika sa-noati rivojlangan. Junga ishlov beruvchi korxona, biopreparatlar fabrikasi, bosmaxona, avtomobillarni taʼmirlash zavodi, teatr bor. Shaharga 1731-yil asos solingan.
Manbalar
uz.wikipedia.org