Jared Leto
Jared Joseph Leto (talaffuzi: Jared Jozef Leto; 1971-yil 26-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va 30 Seconds to Mars musiqiy guruhining vokalchisi. Oscar va Oltin globus mukofotlari sovrindori.
Yoshligi
Jared Leto 1971-yil 26-dekabrda Luiziana shtatining Bossier City shahrida tugʻilgan. Sanʼatga boʻlgan ishtiyoqi unda onasi Constance Leto (qizlik familiyasi Metrejon) tufayli paydo boʻlgan. Onasi Leto va uning ukasi Shannonni har tomonlama qoʻllar edi. Leto faol va oʻziga ishongan bola boʻlib oʻsadi. 12 yoshida u Virjiniyadagi kichik ovqatlanadigan joyda idish yuvuvchi boʻlib ishga kiradi, 16 yoshida esa shveysarlik qilar edi. Hayotining ilk yillarida Leto oilasi bilan koʻp sayohat qilardi, u Gaiti va Koloradodagi kommunada yashashga ulgurgan. „Onamning otasi havo harbiy kuchlari tarkibiga kirar edi“, — aytadi Leto, — „shuning uchun koʻchmanchilik hayoti odatiy hol edi“. Maktabni tugatish paytiga kelib, Leto oʻz hujjatlarini Filadelfiyadagi sanʼat universitetiga topshiradi va u yerga qabul qilinadi. U tasviriy sanʼat yoʻnalishini tanlaydi. Vaqt oʻtib, Leto hujjatlarini olib ketib, Nyu-Yorkdagi tasviriy sanʼat universitetiga oʻtadi. Talabalik paytida Leto oʻzi ssenariy yozadi va oʻzining filmi Crying Joyda bosh rollardan birini ijro etadi.
Karyerasi
Karyerasining boshlanishi
Leto aktyor boʻlish uchun 1992-yili Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga koʻchib oʻtadi. Leto aktyorlik karyerasida ancha-muncha tajriba orttirgan edi, ammo haqiqatdan esda qolarli va yorqin rol boʻlib, uning uzoq davom etmaydigan My So-Called Life („Mening aytarli hayotim“) serialida Jordan Catalanoning roli boʻladi (bu serialda u Claire Danes bilan oʻynaydi). Claire Danesning xohishlar va sevgi hijroni obyektini oʻynab, Jared Leto oshayotgan ommaviyligi bilan huzurlanadi. 1996 va 1997-yillari Leto People jurnalining „Dunyoning eng chiroyli 50 kishisi“ roʻyxatiga kirar edi. Serial tugaganida, u filmlarda suratga tushishni boshladi.
Mashhurlik
1994-yili Alicia Silverstone bilan birgalikda mustaqil film — Cool and the Crazyda suratga tushganidan soʻng, uning katta ekrandagi birinchi roli How to Make an American Quilt (1995) boʻladi. U yerda Jared Winona Ryder bilan birga oʻynaydi. Soʻng u The Last of the High Kings (1996) filmida Christina Ricci bilan birgalikda bosh rollardan birini ijro etadi.
Jared Leto — bugun
Jared katta ekranga 1999-yili Fight Club va Girl, Interrupted filmlaridagi ishlari bilan qaytdi. 2000-yil Jared uchun psixologik trillerlar yili boʻldi — American Psycho va Requiem for a Dream. Birinchi filmda Jared ikkinchi darajali rolga tasdiqlangan boʻlsa, „Rekviem…“da unga bosh rolni berishadi. Geroinga oʻrganib qolgan bruklinlik yigitchani oʻynab, Leto afsonaviy Ellen Burstyn va Oscar mukofotining boʻlajak sohibi Jennifer Connelly bilan bir aktyorlik tarkibida boʻladi. Navbatdagi filmlar — Bugi stilidagi tun, Botish chizigʻi va Tarantinoning Shossesi videoprokatning tahlamlariga tez boradi. Jared David Fincherning eng mashhur ikki filmida: shov-shuvli Fight Club va Panic Room (2002) juda qoʻl keladi. Ikkinchi filmda u Jodie Fosterni terrorlagan uch bosqinchidan eng koʻp gapiradigan va besoʻnaqayini oʻynaydi. Uning oxirgi proyektlariga Oliver Stonening epopeyasi Alexander, xalqaro triller Lord of War va John Lennonning qotili — Mark Chepmen haqidagi Chapter 27 filmi kirdi.
Jared Leto, shuningdek, oʻzi va ukasi Shannon 1998-yili asos solgan 30 Seconds to Mars alternativ rok-guruhining vokalchisidir. Hozirgi vaqtda guruhda 4 ishtirokchi: Jared — musiqa va qoʻshiqlar muallifi va gitara, Shannon — barabanchi, Matt Wachter — bas-gitara va Tomo Miličević — gitara. Ularning birinchi albomi 2002-yili yozilgan va guruh nomi bilan atalgan. Ikkinchi albom — A Beautiful Lie 2005-yili chiqqan.
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org