Jarariq dahasi
Jarariq dahasi — Shayxontohur tumanida joylashgan. Toshkent shahrining shimoliy-gʻarbiy qismida, Koʻksaroy, Alp Jamol, Jarariq, Beltepa koʻchalari oraligʻida joylashgan. Daha 1939—1942 yillarda Toshkent viloyati „Oʻzbekiston“ jamoa xoʻjaligi hududida tashkil etilgan. 1988—1993 yillarda jamoa xoʻjaligi yerlari shahar tasarrufiga oʻtkazilgan va eski yakka tartibdagi uy-joylar oʻrniga Toshkent shahrini taʼmirlash va obod qilish davlat loyihalash instituti loyihalari asosida zamonaviy koʻp qavatli turar joylar qurila boshlangan. Dahada 30 ta 9 qavatli, 27 ta 4 qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylar, 2 ta maktab, bogʻcha, savdo, madaniyat va maishiy xizmat koʻrsatish majmualari mavjud.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org