Jara
Jara (ruscha: Жара) — har yili boʻlib oʻtadigan xalqaro musiqiy festival. 2016-yilda rossiyalik va ozarbayjonlik qoʻshiqchi, musiqachi va tadbirkor Emin Agalarov tomonidan asos solingan. Festival ilk bor 2016-yil 9-10-iyul kunlari Boku shahrida, Kaspiy dengizi sohilida joylashgan Sea Breeze kurortida boʻlib oʻtgan.
Festival Crocus Group tarkibiga kiruvchi Jara ekotizimining bir parchasidir. Festivalda 150 dan ortiq sanʼatkorlar qatnashgan boʻlib, kunlik 12 000 dan ortiq tomoshabinlarni, Rossiya hamda MDH davlatlaridan jami 150 000 000 dan ortiq teletomoshabinlarni oʻziga jalb qilgan. Festivalning translyatsiyasi Birinchi kanalda berib borilishi belgilangan.
Ushbu festivalning asosiy mehmonlaridan biri — Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Festival tarixi
2016
2016-yilda Jara birinchi xalqaro musiqa festivali 9—10-iyul kunlari, 2 kun davomida boʻlib oʻtdi.
Maksim Fadeyev tomonidan kompositsiyalangan, festivalning Jara madhiyasi premyera qilindi. Uni festival boshlovchilari ijro etishdi.
Birinchi yil festivalda 40ga yaqin qoʻshiq ijrochilari va guruhlar ishtirok etdi. Shuningdek, Yana Churikova va Andrey Malaxov Jara 2016 festivalida boshlovchilik qildi.
2017
2017-yilda Jara festivali 25-28-iyul kunlari Boku shahrida, Kaspiy dengizidagi Sea Breeze kurortida boʻlib oʻtdi va 4 kun davom etdi. Bu yilgi festivalda Alla Pugachova, Sofia Rotaru va Grigoriy Lepsning ijodiy kechalari boʻlib oʻtdi.
Festivalda 50ga yaqin qoʻshiq ijrochilari ishtirok etdi va Yana Churikova, Andrey Malaxov va Maksim Galkin boshlovchilik qildi.
2018
2018-yilda Jara festivali 26-29-iyul kunlari boʻlib oʻtdi. Leningrad guruhi, Leonid Agutin va Vladimir Presnyakov minglab tomoshabinlar oldida katta yakkaxon konsertlar bilan chiqishdi. Valeriya, Valeriy Meladze, Lyubov Uspenskaya oʻzlarining ijodiy kechalarini oʻtkazdilar.
Festivalda 70ga yaqin qoʻshiq ijrochilari ishtirok etdi.
Va festivalga Yana Churikova va Nikolay Baskov boshlovchilik qildi.
Festival mehmonlari orasida Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi, Dmitriy Peskov, Tatyana Navka, Till Lindemann va boshqalar bor edi.
2019
2019-yil 3-may kuni Jara xalqaro musiqa festivali birinchi marta MDH davlatlaridan tashqarida, Dubayda (BAA), Rixos Premium Dubai hududida boʻlib oʻtdi.
Dubaydagi festival mehmonlari orasida Tatyana Navka, Araz Agalarov, Boris Rotenberg va boshqalar oilasi bilan ishtirok etishdi. Kechada Yuliya Baranovskaya va Konstantin Tarasyuk, Albina Djanabaeva va Timur Rodriges boshlovchilik qildi.
2019-yilning 25-28-iyul kunlari Jara festivali Bokuda, Kaspiy dengizi sohilidagi Sea Breeze kurortida boʻlib oʻtdi.
Festivalning 2019-yilgi sonida Lyube guruhi katta yakkaxon konsert berdi, Grigoriy Leps va Stas Mixaylovlar ijodiy kechalar oʻtkazdilar. Festivalning uchinchi kuni mehmonlarni 1990—2000-yillarning xitlari bilan xursand qildi va Timatining ochiq havodagi musiqa kontserti va Zed avlod sanʼatkorlarining chiqishlari bilan yakunlandi.
Festivalda 200 dan ortiq sanʼatkorlar ishtirok etdi. Ular orasida Filipp Kirkorov, LOBODA, EMIN, Olga Buzova, Grigoriy Leps, Vera Brejneva, Sergey Lazarev, Gulyuk’oZa, Lolita Milyavskaya, Ani Lorak, Artik & Asti, Zivert, Natalia Koroleva, Alessandro Safina, Anita Choy, HammAli & Navai, Aleksey Chumakov, MBAND, Jony, El'man, Джиган, Rauf & Faik va boshqalar bor edi.
2020
2020-yil 14-mart kuni Sochida (Rossiya) Krasnaya Polyana kurortida birinchi marta Jara xalqaro musiqa festivali boʻlib oʻtdi.
2020-yilning 29-iyulidan 2-avgustiga qadar Boku shahrida (Ozarbayjon) beshinchi yubiley xalqaro musiqa festivali Jara boʻlib, tarixda birinchi marta festival 5 kun davom etdi.
2020-yil 16-avgust kuni Monakoda birinchi marta xalqaro musiqa festivali boʻlib oʻtdi. 2020-yilning 27-28-avgust kunlari Turkiyada, Yalikavak Marina Bodrum hududida Jara festivali oʻtkazildi.
2020-yil 24-oktabrda Jara xalqaro musiqa festivali birinchi marta Dyusseldorfda (Germaniya), sigʻimi 12 000 kishigacha boʻlgan ISS DOME stadionida bo‘lib o‘tdi.
2021
2021-yilda Jara xalqaro musiqa festivali 23-27-iyun kunlari boʻlib oʻtdi va 4 kun davom etdi. Dastlab, festival Moskvadagi „Lujniki“ sport majmuasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo koronavirusning kuchli tarqalishi tufayli u Crocus City Hallga koʻchirildi.
Moskva viloyati gubernatorining farmoni bilan kiritilgan cheklovlar tufayli festival tomoshabinlar uchun bekor qilindi va televizion suratga olish formatida davom etdi.
Festival 5 kun davomida qoʻshiq ijrochilarining navbatma-navbat ijrolari bilan oʻtkazildi.
2022
Oltinchi Jara festivali 2022-yil 27-31-iyul kunlari Boku shahrida oʻtkazilishi kerak edi.
Lekin eʼlonlarda Bokudagi bu yilgi Jara musiqiy festivali oʻtkazilmasligi aytib chiqildi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda tadbir tashkilotchisi, tadbirkor va musiqachi Emin Agalarov maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, festival dunyodagi mavjud vaziyat tufayli bekor qilingan.
Sea Breeze Resort bokuliklar va Boku shahri mehmonlari uchun sevimli maskan boʻlib kelganini va shunday boʻlib qolayotganini hisobga olsak, biz mehmonlarimizni hafsalasini pir qilmaslik uchun qoʻlimizdan kelganini qilamiz.
— Emin Agalarov, [56]
2023
Aholi noroziliklari sababli avval Bokuda keyinroq Qozogʻistonda kechiktirilgan Jara festivali Oʻzbekistonda oʻtkazilmoqchi edi. Bu davlatlarda festivalning kechiktirilishiga sabab festival qoʻshiqchilarining aksari Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoʻllab quvvatlaganliklaridir. Shu sabab bilan Oʻzbekistonda ham virtual norozliklar boshlandi. #StopKremlinPropaganda va #StopRussianPropaganda heshteglari ommalashdi.
Bu festival Qozog‘iston va Bokuda ommaviy noroziliklardan keyin bekor qilindi. Endi u bizga keldi. Biz hamma narsa mumkin bo‘lgan chiqindixonamizmi? Bizning o‘z pozitsiyamiz va g‘ururimiz yo‘qmi, urush tashviqotiga sahna beramizmi?
— bloger Nikita Makarenko, [59]
Virtual norozliklardan soʻng Oʻzbekistonda ham 2023-yilning 3-aprel sanasida 20-21-may kunlari Yangi Oʻzbekiston bogʻida oʻtkazilishi kutilayotgan festival nomaʼlum muddatga qoldirildi. Biletlar sotuvi toʻxtatildi va sotib olingan bilet pullari qaytarib berilishi aytildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org