Jaqiya Kaji masjidi
Jaqiya Kaji masjidi (qozoqcha: «Жақия қажы» мешіті; ruscha: Мечеть «Жакия Кажы») – Qozogʻistonning shimoliy qismidagi Oqmoʻla viloyatining poytaxti Koʻkshetau shahri markazidagi masjid .
U shahardagi eng qadimiy Juma masjidi boʻlib, 1893—1894-yillarda tatarlar va shahar aholisining xayr-ehsonlari asosida qurilgan (Auelbekova koʻchasi, 91-uyda joylashgan; 19-asr oxirida u Kazanskaya deb atalgan). Mazkur nshoot mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi.
Dizayni va qurilishi
Masjid bir boʻlinma bilan birlashtirilgan ziyoratgoh va minorali tatar masjidlariga oʻxshab ketadi. Devorlari qoldiqygʻochlardan yasalgan, yuzasi taxtalar bilan qoplangan. Gʻarbiy qismda toʻrtburchak tom ostida, shu shakldagi mehrob va sharqda boʻylama oʻqi boʻylab choʻzilgan soyabon joylashgan.
Tomning tepasida: sharqiy chekkasida – ikki qavatli minora, bino yon tomonida gumbaz ostida sakizburchakli maydoncha, gʻarbiy qsmida esa – olti burchakli baraban ustidagi tekis gumbaz oʻrnatilgan. Fasadlar eklektik davrga xos boʻlib, klassik shakllar va yogʻoch meʼmorchilik elementlarining aralashmasidan tarkib topgan. Ustunlar panelli plasterlar bilan qoplangan. Ark oynalarining yuqori va pastki qismlari gul naqshlari bilan bezatilgan. Ichkarida zalning gʻarbiy devori markazida kirish qismidan boʻlinma bilan ajratilgan mehrob asosi boʻlgan qismning boʻylama-eksial kompozitsiyasi mavjud.
Tarixi
1887-yildagi „Oqmoʻla viloyatida joylashgan oʻquv yurtlari toʻgʻrisida maʼlumot“da xabar berilishicha, koʻkshetovlik mulla Naurizbay Talasovning uyida „oʻquvchilarning ota-onalari iltimosiga koʻra mavjud boʻlgan maktabida 1886-yildan boshlab xarajatlar (gʻaznadan) amalga oshirilmagan“ (TsGA RK, f. 359, p.1, d.10, b. 2)
Koʻkshetou madrasasi ochilishining aniq sanasi nomaʼlum, ammo 1893-yilgi shahar rejasida Bolshaya Sadovaya (Abay nomidagi) va Malaya Sadovaya (S. Seyfullin nomidagi) koʻchalari burchagida masjid binosi joylashganligi haqida yozilgan. Bu hudud „maktab va talabalar uchun binolar“ nomi bilan tilga olingan.
Auelbekov koʻchasida joylashgan Nauan Xazret (hozirgi Jakiya Kaji) nomidagi shahar masjidining tarixi yuz yildan oshiqroqdir. Bu masjid qurilishi 19-asrning oxirida boshlangan. 19-asrning oxirida „Auelbekova“ koʻchasi „Kazanskaya“ deb nomlangan, ehtimol bu yerda asosan Qozondan kelgan tatarlar istiqomat qilganligi shunday boʻlishiga sabab boʻlishi ham mumkin.
Ularning aksariyati savdo-sotiq bilan shugʻullangan. masjid qurilishiga shaharning barcha musulmonlari oʻz hissalarini qoʻshgan boʻlsa-da, bu ish boy tatar savdogarlari hisobidan amalga oshirilgan. Quruvchilar Qozondan taklif qilingan, ammo binoning asosiy qurilish ishida shahar hunarmandlari ishtirok etgan.
Koʻkshetaulik asli duradgor boʻlgan yozuvchi Ibragim Salaxovning aytishicha, uning otasi Nizom, shahardagi taniqli hunarmandlardan boʻlib, Koʻkshetauda bir nechta yogʻoch toʻr bilan bezatilgan uylar qurgan. 1920-yillargacha muazzin oq masjid minorasidan moʻminlarni namozga chaqirib, oq masjid minorasidan oʻymakor masjidga tomon kelishlikka chorlagan, keyin esa shoʻrolar mamlakatidagi aksariyat diniy binolarning taqdiri singari vayronaga aylantirilgan.
Masjid minorasidan mahrum qilinib, qayta qurilgan va oddiy binoga aylantirilib, turli yillarda shahar ehtiyojlari uchun foydalanilgan. 1941-1945-yillarda sobiq masjidda harbiy qismlar, 1947-1974-yillarda viloyat tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, keyin drama teatrining badiiy ustaxonalari, 1975-yilga kelib esa Respublika badiiy koʻrgazmalar zalining filial galereyasi tashkil etilgan.
Oradan qariyb yetmish yil oʻtib, 1989-yilda Koʻkshetau viloyat ijroiya qoʻmitasining qaroriga binoan masjid shahar dindorlariga qaytarildi. Bugungi kunda masjid binosi Koʻkshetau shahrining tarixiy va madaniy merosi yodgorligi hisoblanadi hamda davlat muhofazasiga olingan.
Imomlar
1980-yillarda Koʻkshetau masjidida imom-xatib lavozimiga Jakiya Beysenboyev (Beysembayev) tayinlangan.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org