Japarko‘l




Japarkoʻl — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi qurib qolgan koʻl. Amudaryo deltasidagi Taxtaqayir ovulidan 5 km jan.da, botqoqlashgan toʻqayzorlar orasida joylashgan. Suvga toʻlgan 50—60y.larda mayd. 1,42 km, oʻrtacha chuq. qariyb 1 m boʻlgan, qamish, qoʻgʻa va b. suv oʻsimliklari bilan qoplangan. Amudaryoning yon tarmoqlaridan toshgan suvlar va qisman sizot suvlar hisobiga toʻyingan. Oʻsha paytlarda ham koʻl toʻlin suv davrida kattalashib, toshqin tugagach, sayozlashib kichraya borgan. J.da har xil baliq va suv parrandalari boʻlgan, ondatra boqilgan va ovlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz