Japaqov Navruz




Navruz Japaqov (1914.16.5 — Taxtakoʻpir tumani — 1975.13.3) — qoraqalpoq shoiri va adabiyotshunosi. Oʻzbekistonda (1974) va Qoraqalpogʻistonda (1964) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Filologiya fanlari doktori (1967).

Mehnat faoliyati



Koʻp yillar yuqori rahbarlik idoralarida ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti (1961—1967) va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi N. Dovqorayev nomidagi tarix, til va adabiyot institutida (1967—1975) katta ilmiy xodim.

Ijodiy faoliyati



Ilk sheʼrlar toʻplami — „Quyosh“ (1940). Navoiyga bagʻishlangan „Shoir soʻzi“ dostoni (1949, J. Oymurzayev bilan hamkorlikda), „Uzoqdagi yaylovlar“ (1955, X. Seitov bilan hamkorlikda), „Suvchi“ (1958) dostonlarida qoraqalpoq xalqining turmushi va yaratuvchilik mehnati aks etgan. „Orol baliqchilari“ kinossenariysi (M. Melkumov bilan hamkorlikda) va adabiyotshunoslikka oid bir qancha asarlar muallifi („Qoraqalpoq adabiyotida realizm masalasiga doyr“, 1972; „Adabiyotimiz haqida oʻylar“, 1974 va b.).

Manbalar




Havolalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz