Japansk




Yapon tili — Yaponiyaning rasmiy davlat tili. yapon tilining genetik aloqalari, yaʼni uning u yoki bu til oilasiga mansubligi uzoq vaqt aniqlanmagan: u goh oltoy tillariga, goh avstronez tillariga mansub deb kelingan. Soʻnggi oʻnyilliklardagi tadqiqotlar yapon tilining oltoy tillari oilasiga mansubligini isbotlamoqda. Bu til, asosan, Yaponyada, shuningdek, Osiyo, Amerika va Yevropaning bir qancha mamlakatlari (AQSH, Kanada, Braziliya va boshqalar) da, Avstraliyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 126 million (Yaponiyaning oʻzida — 124 million) kishidan ortiqroq (2000). Yapon tilida, asosan, shimoliy, sharqiy, gʻarbiy va janubiy lahja guruhlari farqlanadi. Fonologik tizimi avstronez tillarinikiga yaqin boʻlib, adabiy tilda 35 fonema (jumladan, 5 ta unli) mavjud. Unlilar choʻziqlik qisqalik, undoshlar esa yakka va qoʻshaloq kelish xususiyatlariga ega boʻlib, bu xususiyatlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Grammatik tizimi oltoy, xususan, turkiy tillardagiga oʻxshash: ot va feʼl turkumlaridagi koʻmakchi, yuklama xarakteridagi soʻzlar va qoʻshimchalar, soʻz tartibida aniqlovchining aniqlanmishdan oldin, kesimning hamma vaqt gap oxirida kelishi. Leksikasida asl yapon soʻzlaridan tashqari xitoy tilidan oʻzlashgan soʻzlar ("kango") koʻp boʻlib, ular Yapon tiliga xitoy yozuvi bilan birga kirib kelgan. Zamonaviy oʻzlashma soʻzlar ("gayraygo") asosan ingliz tilidan kirib kelmoqda. Har ikkala turdagi oʻzlashma soʻzlar oʻzining fonologik, morfologik va grammatik xususiyatlariga ega. Asl yaponcha soʻzlar va grammatik koʻrsatkichlar yapon yozuvining xiragana shaklida, chet tillardan kirib kelgan soʻzlar esa katakana shaklida yoziladi (qarang Yapon yozuvi). Hozirgi Yapon tili uslubiy jihatdan ham rangbarangdir: kitobiy va ogʻzaki nutq aniq chegaralanib turadi, turli funksional uslublar farqlanadi, nutqning odobhurmat darajasiga qarab tabaqalanishi, erkaklar va ayollar nutqidagi farqlanishlar va boshqalar 9—10 asrlarda gʻarbiy (kioto) lahja asosida adabiy til ("bungo" — yozma til) shakllangan. 13—14 asrlarda bungo meʼyorlari ogʻzaki nutqdan farqlana boshlagan. 1868-yil Meyji inqilobidan keyin sharqiy (tokio) lahjaga asoslangan adabiy til shakllangan. 20-asr oʻrtalarigacha har ikkala adabiy tildan foydalanib kelingan. Shundan keyingi davrda toʻliq shakllangan zamonaviy adabiy til, bungoning baʼzi elementlarini saqlab qolgan holda, uning oʻzini isteʼmoddan siqib chiqargan. Hoz. kunda adabiy Yapon tili ayrim oʻziga xos shevalarni ("kansay" — markaziygʻarbiy, "okinava" — janubiy) hisoblamaganda, qolgan barcha shevalarni ham isteʼmoldan chetlashtirmoqda. Mahalliy lahja va shevalardan oila doirasidagina foydalanilmoqda. @ssumx

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz