Japanese Village and Deer Park




Japanese Village and Deer parki  — ilgari Kaliforniyaning Buena Parkida joylashgan, ammo hozirda faoliyat koʻrsatmaydi.

Tarixi



Park birinchi marta 1967-yilda 6122 Knott maydonida ochilgan. Bu parkda kiyiklarning erkin aylanib yurishi hamda oʻzini xuddi tabiatdagidek his etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan edi.

CBS-TVning detektiv dramasi boʻlmish Manniksning ikkita epizodi: „Overkill“ (1971, 4-mavsum 24-qism) va „Enter Tami Okada“ning (1974, 8-mavsum 8-qism) katta qismi aynan shu parkda suratga olingan. Bu ikki epizodda parkdagi turli xil eksponatlar va noyob hayvonlar sur’atga olingan. Xususan, ikkinchi epizodda ikkita delfinni tandemda minayotgan murabbiy tasvirlangan.

Japanese Village and Deer parki Six Flags kompaniyasidan Great Southwest kompaniyasiga sotilganidan 5 yil oʻtib oʻz faoliyatini toʻxtatdi.Bunga sabab, kiyiklarning sil kasalligiga chalinganligi hamda parkning tang ahvolga tushib qolgani boʻldi.</nowiki>

Koʻngil ochar manzilgohlar roʻyxati




Enchanted Village



Japanese Village and Deer parki oʻz faoliyatini yakunlagandan soʻng, 1976-yil 18-iyunda Enchanted village — ikkinchi koʻngilochar park oʻz faoliyatini boshladi. Hayvonlarni qoʻlga oʻrgatuvchi mutaxasis Ralf Xelfer bu parkning aksiyadori hamda bir vaqtning oʻzida boshqaruvchisi boʻlgan. Bu park bir qancha muddat „odam shimpanze“ nomi bilan tanilgan Oliverga ham boshpana vazifasini oʻtagan. Shuningdek, bu koʻngilochar parkni biz 1977-yilda sur’atga olingan „Curse of the Black Widow“ filmidagi tasvirlarda ham uchratamiz. 13 gektar maydonni qamrab olgan Enchanted Village 1977-yilning kuzida oʻz faoliyatini yakunladi.

Hozirgi holati



Hozirda bu maydonda George Bellis parki hamda favvoralardan boshqa hech bir inshoot qolmagan hamda biznes markaziga aylantirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz